O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə70/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Ishlab chiqarish ehtiyoji korxonalar, tarmoqlar, boshqarmalar, vazirliklar va milliy
iqtisodiyot bo’yicha umumlashtiriladi.
Aholini sanoat mollariga bo’lgan talabi uning soni yoki har 100 yoki 1000 kishiga
to’g’ri keladigan me’yorlar (normalar) asosida aniqlanadi. Bunday prognozlarni ishlab chiqishda
aholining mahsulotlar sotib olish qobiliyati, pul daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi.
Sanoat mahsulotlarining eksportga bo’lgan ehtiyoji tashqi savdo rejasi asosida tashqi
mamlakatlar bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra belgilanadi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan davlat rezervini to’ldirish ham sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish dasturini muhim qismi hisoblanadi. Bu mamlakat iqtisodiyotida xom ashyo material,
yonilg’i, yoqilg’i, uskuna va hokazolar bilan ta’minlashda qiyinchiliklar tug’ilib qolganda, tabiiy
ofatlar yuz berganda, xalqaro vaziyatlar og’irlashganda va hokazo vaziyatlar yuz berganda


70
foydalanilishi mo’ljallangan mahsulotlar fondidir. Uning hajmi o’sha sharoitdagi siyosiy va


iqtisodiy vaziyatlarga qarab hal qilinadi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan boshqa talablar ham mahsulotning turiga qarab, uning u
yoki bu maqsad uchun ishlatilishi me’yorlariga (normalariga) qarab aniqlanadi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan talab aniqlangandan so’ng ishlab chiqarish imkoniyatlari
ko’rib chiqiladi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan talab va ishlab chiqarish imkoniyatlari o’rtasidagi nisbat
moddiy balans tuzish yordamida aniqlanadi.
Imkoniyatlar quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. U yoki bu mahsulot bo’yicha yil boshidagi qoldiq
2. Mahsulot ishlab chiqarish
3. Import
4. Davlat rezervlaridan foydalanish
5. Boshqa tushumlar
Imkoniyatlar ichida eng asosiysi bu ishlab chiqarish hisoblanadi. U ishlab chiqarish
quvvatlari balansi tuzish yo’li bilan aniqlanadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin