O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org
VI BOB. REAL SEKTOR TARMOQLARI
Reja § 1. Sanoat milliy iqtisodiyotning yirik sohasi § 2. Qishloq xo’jaligi § 3. Kapital qurilish § 4. Transport, yo’l xo’jaligi va aloqa 6.1. Sanoat milliy iqtisodiyotning yirik sohasi Milliy iqtisodiyotning real sektori o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish
tarmoqlarini oladi. Ma’lumki, bu tarmoqlarda moddiy ne’matlar moddiy buyum shaklida ishlab
chiqariladi. Undan tashqari ishlab chiqarish majmui o’z ichiga yuk tashish transportini, ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa tarmoqlarini, savdo va tayyorlov tashkilotlarini,
umumovqatlanish korxonalarini ham oladi.
Real sektor tarmoqlari ichida sanoat milliy iqtisodiyotning yirik yetakchi sohasi bo’lib
hisoblanadi.2011 yilda Respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 41655,9 mlrd.
so’mni tashkil qildi. Unda 1552,7 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qilishadi. Bu
tarmoqlarda band aholini soni 13,4% tashkil qiladi. Sanoatning 100 dan ortiq tarmoqlari bo’lib,
ulardan 6 tasi bazaviy (tayanch) hisoblanadi. Asosiy fondlarning 40% dan ko’prog’i sanoat
hissasiga to’g’ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 24% dan ortiqrog’i sanoatda yaratiladi. Sanoat
tarmog’ida 15200 mayda, o’rta va yirik korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari faoliyat
ko’rsatayapti.Yalpi ichki mahsulot yetishtirishda nodavlat sektorning ulushi 84,6 % ni tashkil
qiladi.
O’zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotining tarmoq tarkibi quyidagichadir.
Sanoat maxsulotlarini ichida yoqilg’i energetika majmuasining o’rni alohida. Uning tarkibiga
gaz, neftь va neftni qayta ishlash, ko’mir va energetika kiradi. Bu majmuaning hissasi sanoat
ishlab chiqarishida 27,8%dan ortiqrog’ini tashkil qiladi. O’zbekiston jahondagi o’nta yirik gaz