57
energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaratildi. Ilgari tashqaridan
keltirilgan yuzlab mahsulot turlari shu yerning o’zida ishlab chiqarila boshlandi.
Respublikada industriyaning tayanch tarmog’i hisoblangan, ya’ni yoqilg’i
energetika, aviatsiya va avtomobil qurilish, mashinasozlik, ximiya va neftximiya
sanoatidan va hokazodan tortib, to yengil sanoat korxonalariga hamda juda ko’p
qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlaydigan korxonalar qurildi.
Respublikada eng katta sanoat tarmoqlari bo’lib yengil va yoqilg’i
energetika sanoati hisoblanadi. Oxirgi yillarda mashinasozlik sanoatini ulushi 1,5
barobarga oshgan va hokazo. Buning sababi mamlakatimizda ichki va tashqi kredit
vositalarining asosiy qismi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun baza hozirlashga
qaratilganligidadir. Bu avtomobilь va neftni qayta ishlash zavodlari, yangi
avtomobilь va temir yo’llar, yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatini o’nlab
yangi va zamonaviylashtirilgan korxonalarni qurishga imkon berdi. 1997 yilning
o’zidayoq Ko’kdumaloq konida kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta
ishlash zavodi, Farg’onada ip yigiruv fabrikasi ishga tushirildi. Ma’lumki,
O’zbekistonning sanoat qudrati asosan bir necha yirik shaharlarda to’plangan edi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik
qurilishlarni geografiyasi ancha
kengaydi. Bu siyosat uzoq vaqtdan beri hukm surib kelayotgan sanoat
taraqqiyotidagi
mintaqaviy nomutanosiblik va ziddiyatni sezilarli yumshatdi.
Tabiiyki, iqtisodiyotni tarkibini takomillashtirishda kompaniyachilikka yo’l qo’yib
bo’lmaydi, u birdaniga takomiliga yetib ham qolmaydi. Bu o’zgarishlar muntazam
davom etadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, ular davr talabi va iqtisodiy
siyosatdan kelib chiqib, tarmoqlararo hamda tarmoqlar ichida to’xtovsiz davom
etaveradi.
Prezident I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida” kitobida “
Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirmay turib chinakam
Dostları ilə paylaş: