§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish Iqtisodiy faoliyat tarkibi u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida
individuallari guruhlari ijtimoiy qatlamlarining faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilishdamilliy iqtisodiyotni tarkibiy
bo’limlari, tarmoqlar va ularning o’sish sur’atlari, mahsulot turlari bo’yicha o’sish
darajalari va hakozo ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Tarkibiy tahlil asosida iqtisodiy siyosat ishlab chiqiladi.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Mulkiy munosabatlar tahlili. Respublikamizda mulk munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha ma’lum
ishlar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Mulkchilik
to’g’risi”da, uni “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi
qonunlar va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlash tadbirlari to’g’risida”gi
Prezident Farmoni va boshqa huquqiy hujjatlarni qabul qilindi.
52
9-jadval
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida davlat va nodavlat sektorlarining yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi 17 2011 y. Davlat sektori(%) Nodavlat sektori(%) Yalpi ichki mahsulot
17,5
82,5
Sanoat mahsuloti
15,4
84,6
Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti
0,1
99,9
Qurilish
7,8
92,2
Transport
36,8
63,2
Aloqa
4,2
95,8
CHakana tovaroborot hajmi
0,2
99,8
Xizmat ko’rsatish sohasi
18,3
81,7
Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi soni
18,5
81,5