vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish
o’rtasidagi, iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro nisbatlardir. Takror ishlab
chiqarish tuzilishi iqtisodiy o’sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko’rsatkich
hisoblanadi.
Iqtisodiyotning hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining
hududiy jihatlarini aks ettiradi va alohida hududlarning umummilliy
ko’rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U butun mamlakat bo’yicha turmush
sharoitini barqarorlashtirish maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi. Ma’lumki,
ma’muriy jihatdan O’zbekiston 1 ta avtonom respublika, 12 viloyat va Toshkent
shahridan iboratdir. Unda 119 ta shahar, 158 ta qishloq ma’muriy tumanlari
mavjuddir.
Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo’yicha mamlakatimiz 6 ta iqtisodiy
mintaqaga bo’linadi:
1. Toshkent iqtisodiy mintaqasi. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri
hududlaridan iborat bo’lib, 15,6 ming m
2
territoriyaga egadir. Bu mintaqaga
respublikani 3,48% maydoni va 17,01% aholisi to’g’ri keladi.Bu mintaqa o’rta
hisobda Mamlakat milliy daromadini 26,0% va 32,5% dan ortiqroq sanoat
mahsuloti ishlab chiqaradi.
2. Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy
mintaqasiga to’g’ri keladi. Bu mintaqa Andijon, Namangan va Farg’ona
viloyatlarini o’z ichiga oladi va 18,5 ming m
2
territoriyaga egadir, yoki 4,12%
respublika hududini egallaydi. Unda aholini 28,57% yashaydi. Bu mintaqa
O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31,5% ini, 36,8%
qishloq xo’jalik mahsulotini, 28,3% tovar oborotini ishlab chiqaradi.
3. Markaziy iqtisodiy mintaqa o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand
viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu mintaqa respublikaning 37,45% hududini
egallaydi, aholi soni jihatidan 20,07%, milliy daromadini 18,6%, sanoat
mahsulotini – 14,6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20,8% ini ishlab
chiqaradi.
4. Janubiy iqtisodiy mintaqa - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan
iboratdir. U respublikaning 10,85% hududini va 17,01% aholisini tashkil qiladi. Bu
mintaqada qishloq xo’jaligi, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan. Unda respublika
qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19,4%, sanoat mahsulotini 12,4% ini, milliy
daromadini 14% shu mintaqa yetishtiradi.
5. Mirzacho’l iqtisodiy mintaqasi o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini
oladi. U respublika hududini 5,66%ini, aholisini 6,46%ini oladi. Bu mintaqada
*
Дунёда 215 дан ортиқ давлат мавжуд бўлиб улардан фақат 23 давлат ривожланган давлат ҳисобланади.
51
o’rta hisobda respublikaning 6,1% milliy daromadi, 2,7% sanoat mahsuloti va
8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini yetishtiriladi.
6. Orolbo’yi iqtisodiy mintaqasi. Unga Qoraqalpog’iston Avtonom
respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38,47% hududi
va 10,88% aholisi joylashgan. Bu mintaqa respublika sanoat mahsulotini 6,3%ini,
qishloq xo’jaligi mahsulotini 12,5% ini yetishtiradi.
Dostları ilə paylaş: |