Kiberjinoyat — bu komputer va tarmog’ini birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi jinoyat turidir. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol
vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazishi maqsadida osodir etiladi.
Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat ham, nodavlat ham subyektlar kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy o’g’irligi va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan shugʻullanadi. Xalqaro chegaralarni kesib oʻtuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti-harakatlarini oʻz ichiga olgan kiberjinoyatlar baʼzan kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet kiberjinoyatni „insoniyatning birinchi raqamli muammosi deb taʼriflaydi va „insoniyat uchun real xavf tugʻdiradi“, deya qoʻshimcha qilib oʻtadi.
2014-yilda chop etilgan hisobotda (McAfee homiyligida) jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan yillik zarar 445 milliard dollarni tashkil qilgan. Cybersecurity Ventures tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan global zararlar 2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-yilga kelib esa 10,5 trillion dollargacha koʻtarilishi bashorat qilingan edi.
2012-yilda AQShda onlayn kredit va debet kartalaridagi firibgarlik oqibatida taxminan 1,5 milliard dollar yoʻqotilgan 2018-yilda Strtigik va xalqaro tadqiqot markazi (CSIS) tomonidan McAff bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, har yili global YaIMning qariyb bir foizi, yaʼni 600 milliard dollarga yaqini kiberjinoyatlar tufayli yoʻqoladi. Jahon iqtisodiyot forumi 2020 Global Risk hisobotida uyushgan kiberjinoyatlar idoralari jinoiy faoliyatni onlayn qilish uchun kuchlarni birlashtirayotganini tasdiqladi, shu bilan birga ularning aniqlash va jinoiy javobgarlikka tortilish ehtimoli AQShda 1 foizdan kamroqni tashkil qiladi
Moliyaviy firibgarlik jinoyatlari Kompyuter firibgarligi — bu boshqa shaxsni yoʻqotishga olib keladigan biror narsa qilish yoki qilmaslikka imkon berish uchun haqiqatni har qanday notoʻgʻri koʻrsatish. Shu nuqtai nazardan, firibgarlik quyidagi yoʻllar bilan foyda olishga olib keladi:
Ruxsatsiz tarzda oʻzgartirish. Bu kichik texnik tajribani talab qiladi va xodimlar tomonidan maʼlumotlarni kiritish yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritishdan oldin maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ruxsatsiz koʻrsatmalar kiritish yoki ruxsat etilmagan jarayonlardan foydalanish orqali oʻgʻirlashning keng tarqalgan shaklidir;
Odatda ruxsatsiz tranzaktsiyalarni yashirish uchun chiqishni oʻzgartirish, yoʻq qilish, bostirish yoki oʻgʻirlash. Buni aniqlash qiyin;
Saqlangan maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki oʻchirish.
Boshqa firibgarlik shakllari kompyuter tizimlari yordamida osonlashtirilishi mumkin, jumladan bank firibgarligi, karding, shaxsni oʻgʻirlash, tovlamachilik va maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlash. Ushbu turdagi jinoyatlar koʻpincha shaxsiy maʼlumotlar yoki pul maʼlumotlarining yoʻqolishiga olib keladi.