O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
RO‘YXATI
1-bob. 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
1. Nafas yo‘llari kasalliklari:
cho‘ziluvchan va asoratli pnevmoniyalar;
alveolit;
mukovissidoz (o‘pka va aralash turlari) va boshqa tug‘ma va irsiy o‘pka kasalliklari;
bronxiolit;
obstruktiv va surunkali bronxitlar.
2. Allergologik kasalliklar:
bronxial astma o‘rta og‘ir va og‘ir kechishi bilan;
allergik rinit bronxial astma bilan;
toksikodermiyalar (Layell, Stivens-Djonson sindromlari);
oziq-ovqat va dori-darmonlar allergiyasi;
respirator allergozlar;
atopik dermatit.
3. Yurak saratoni va qon aylanish tizimi kasalliklari:
karditlar;
perikardit;
endokardit;
kardiomiopatiyalar;
yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;
biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari — kollagen kasalliklar, tugunchali periartrit, yuvenil revmatoid artriti, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya, revmatoid artritlar, yurak surunkali revmatik kasalliklari, dermatomiozit;
tizimli vaskulitlar;
gipertonik kasalligi;
yurak gipertenziv kasalligi (gipertoniya kasalligi yurak shikastlanishi ustunligi bilan);
yurak ritmining buzilishlari.
4. Chaqaloqlik davridagi va erta yoshdagi bolalar kasalliklari:
etilmaganlik;
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar (turli kasalliklar bilan tug‘ilgan 2000,0 gr.dan kam vaznli);
chaqaloqlar gemolitik kasalliklari;
chaqaloqlar gemorragik kasalliklari;
chaqaloqlar talvasalari;
oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiliklari;
chaqaloqlar infeksiyalari;
perinatal ensefalopatiyalar;
cho‘ziluvchan sariqlik;
chaqaloqlarda nafas yo‘llari kasalliklari;
sepsis;
pnevmoniya;
bronxiolit;
mukovissidoz;
karditlar.
5. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari:
surunkali eroziv gastrit;
eroziv gastroduodenit og‘riq sindromi bilan (davolash muolajalari foyda bermaganda);
birlamchi ekssudativ enteropatiya (Valdman sindromi);
ikkilamchi ekssudativ enteropatiya;
tseliakiya;
yarali kolit o‘rta og‘ir va og‘ir shakli;
allergik va alimentar gastroenterit va enterokolit;
surunkali qabziyat;
mukovissidoz;
noma’lum etiologiyali oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiligi;
Kron kasalligi;
oshqozon yarasi kasalligi (davolash muolajalari foyda bermaganda);
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
surunkali enterokolit og‘ir kechishi va uzluksiz qaytalanuvchi kechishi bilan;
surunkali xoletsistit qo‘zish davri;
surunkali pankreatit qo‘zish davri.
surunkali virusli gepatitlar, noaniq etiologiyali gepatitlar, autoimmun gepatit, jigar tsirrozi.
6. Buyrak va siydik tizimi kasalliklari:
glomerulyar kasalliklar — retsidivlanuvchi va turg‘un gematuriya, nefritik (tez rivojlanuvchi va surunkali glomerulonefrit, nefrit)
va nefrotik (tug‘ma nefrotik sindromi, lipoid nefrozi) sindromlari;
irsiy nefropatiyalar;
buyrakning tubulointerstitsial kasalliklari — surunkali interstitsial nefrit;
surunkali piyelonefrit, xuruj davri;
simptomatik arterial gipertenziya;
surunkali buyrak yetishmovchiligi boshlang‘ich davri;
dismetabolik nefropatiyalar.
7. Asab tizimi kasalliklari:
tsefalgiya;
migren;
bolalar tserebral paralichining turli shakllari;
episindrom;
minimal tserebral disfunksiyasi;
tserebroasteniya;
nevrasteniya;
miasteniya;
miopatiya;
tarqoq skleroz;
markaziy nerv tizimi shikastlanishlari;
markaziy nerv tizimi degenerativ kasalliklari;
gidrotsefaliya;
fenilketonuriya;
perinatal davr asoratlari;
o‘tkazilgan bosh miya yopiq jaroxatidan keyingi holat.
8. Xirurgik kasalliklar:
o‘pka-bronx yo‘llari tug‘ma va orttirilgan xirurgik kasalliklari (yiringli kasalliklaridan tashqari);
qizilo‘ngach kasalligi;
me’da-ichak yo‘llari tug‘ma va orttirilgan kasalliklari;
jigar va o‘t yo‘llari tug‘ma va orttirilgan kasalliklari;
urologik tug‘ma kasalliklar (anomaliyalari);
siydik tosh kasalligi (chov, chov-yorg‘oq churralari, gidrotsele va kriptorxizmdan tashqari).
9. LOR kasalliklari:
tashqi va o‘rta quloq surunkali otitlar;
tubotitlar;
surunkali rinosinusitlar;
surunkali tonzillit toksiko-allergik shakli;
mastoiditlar;
evfstaxiit;
etmoidit;
timpanoskleroz;
otoskleroz, yumshoq tanglay gipertrofiyasi;
eshitish qobiliyatining sustligi va karlik;
polipoz;
polisinusit;
hiqildoq papilomatozi;
tashqi eshituv atreziyasi;
tashqi va ichki burun deformatsiyalari;
tashqi quloq deformatsiyalari.
10. Tug‘ma yurak nuqsonlari kasalliklari:
ochik arterial yo‘l;
aorta koarktatsiyasi;
aorta ravog‘i gipoplaziyasi;
aorta ravog‘i uzilishi;
aorta klapani torayishi;
aorta klapani yetishmovchiligi;
ko‘tariluvchi aorta gipoplaziyasi sindromi;
ko‘tariluvchi aorta qismi anevrizmasi;
o‘pka arteriyasining klapanli torayishi;
o‘pka arteriyasi klapanining ageneziyasi;
o‘pka arteriyasining izolirlangan torayishi;
bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni;
bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni va o‘pka arteriyasi torayishi;
uch bo‘lmachali yurak nuqsoni;
qorinchalararo to‘siq nuqsoni;
qorinchalararo to‘siq nuqsoni va o‘pka arteriyasi torayishi;
Valsalva sinusi anevrizmasi;
magistral qon tomirlarining o‘ng qorinchadan chiqishi;
magistral qon tomirlarining chap qorinchadan chiqishi;
o‘pka venalarining qisman anomal drenaji;
o‘pka venalarining total anomal drenaji;
o‘pka venalarining tug‘ma torayishi;
ochiq atrioventrikulyar kanal, noto‘liq shakli;
ochiq atrioventrikulyar kanal, to‘liq shakli;
aorta-o‘pka devori defekti;
umumiy arterial stvol;
Fallo tetradasi;
o‘pka arteriyasi atreziyasi;
trikuspidal klapan atreziyasi;
mitral klapan atreziyasi;
trikuspidal klapanning tug‘ma yetishmovchiligi;
mitral klapanning tug‘ma yetishmovchiligi;
yagona yurak qorinchasi;
Ebshteyn anomaliyasi;
magistral qon-tomirlar transpozitsiyasi;
magistral qon-tomirlar korrigirlangan transpozitsiyasi;
Criss-cross yurak nuqsoni;
yurak toj tomirlarini anomal chikishi;
yurak chap qorinchasi gipoplaziyasi sindromi;
tug‘ma qon tomir xalqasi nuqsoni;
o‘pkaning tug‘ma arterio-venoz oqmalari;
aorta-chap qorincha tonneli;
yurak bo‘shliqlaridagi struktur va kistoz hosilalar.
11. Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi kasalliklari:
qizilo‘ngachni kuyishdan keyingi disfagiya bilan asoratlangan chandiqli torayishi;
kardiospazm;
diafragmaning turli xil asoratlangan churralari.
12. Plastik va rekonstruktiv mikroxirurgiya kasalliklari:
quloq suprasining tug‘ma nuqsonlari (mikrotiya);
qo‘l va oyoqlarning tug‘ma nuqsonlari;
qo‘l va oyoqlarda pay, mushak, qon-tomir va nervlarning jarohatdan keyingi nuqsonlari;
kuyishdan keyingi katta maydonli chandiqlar;
qo‘l va oyoqlardagi qon-tomir, nervlar, paylar va mushaklarga o‘sib kirgan gemangiomalar.
13. Tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar xirurgiyasi kasalliklari:
a) yurak revmatik kasalliklari:
mitral klapan nuqsoni;
aortal klapan nuqsoni;
trikuspidal klapan nuqsoni;
mitra-aorta-trikuspidal klapanlar nuqsoni;
yurak klapanlari infeksion endokarditi;
b) perikardit:
ekssudativ perikardit;
konstriktiv perikardit;
v) yurak o‘sma kasalliklari;
g) yurak exinokokkozi;
d) yurak travmatik kasalligi.
14. Jigar va o‘t yo‘llari xirurgiyasi, portal gipertenziya va pankreatoduodenal soha xirurgiyasi:
jigarning portal gipertenziyali diffuz jarohatlanishi (tsirroz, fibroz);
jigardan tashqari portal gipertenziya: splenoportal tizimining kavernoz transformatsiyasi; splenoportal tizimining trombozi; Kiari kasalligi, Badda-Kiari sindromi;
oshqozon osti bezi kistalari;
pankreatoduodenal soha yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
qorin parda orti bo‘shlig‘i yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
o‘t yo‘llari yaxshi sifatli strikturalari;
o‘t yo‘llari kistozli kengayishi;
jigarning yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
jigar va qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan exinokokkozi;
mexanik sariqlik, jigar yetishmovchiligi va peritonit bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligi.
15. O‘pka va ko‘ks oralig‘i xirurgiyasi kasalliklari:
timoma miastenik sindrom bilan;
traxeya patologiyalari (stenozlar, nuqsonlar, oqma yaralar, hosilalar);
traxeya va bronxlarning yot jismlar bilan shikastlanishi;
plevra kasalliklari;
o‘pka va ko‘ks oralig‘i yaxshi sifatli hosilalari va kistalari;
o‘pka va ko‘ks oralig‘i tug‘ma nuqsonlari (gipoplaziya, sekvestratsiya, bronxektazlar, kistalar);
o‘pkaning parazitar kasalliklari (o‘pka exinokokkozi: asoratlangan, retsidiv, ko‘plab, mediastinal va exinokokkozning ko‘shma turlari);
ko‘krak qafasining tug‘ma nuqsonlari;
o‘pkaning bullyoz emfizemasi va uning asoratlari;
Diafragma patologiyalari.
16. Qon-tomirlar xirurgiyasi kasalliklari:
tug‘ma arterio-venoz displaziyalar (turli sohalardagi gemangioma va limfangiomalar, Parks-Veber-Rubashov kasalligi, Klipel-Trinone sindromi);
jaroxatdan keyingi arterio-venoz oqmalar va yolg‘on anevrizmalar;
aorto-arterit, magistral arteriyalarning okklyuzion kasalliklari;
magistral venalar flebektaziyasi;
xemodektoma, aorta koarktatsiyasi;
surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi.
17. Urologik kasalliklar:
Peyroni kasalligi, bunda olatning oqsil pardasini autovenoz transplantat bilan yopish;
siydik-tosh kasalligi;
kam invaziv va yuqori texnologiyali (endoskopik, laparoskopik va ekstrakorporal davolash usullari orqali) amaliyotlar yordamida davolash;
jarrohlik amaliyoti bajarilishini talab qiluvchi siydik-tanosil tizimi jarohatlari (buyrak gematomasini teri orqali punksiyasi, nefrektomiya, orxidektomiya, siydik qopi yoki siydik nayi defektlarini tikish, uretrada rekonstruktiv muolajalar orqali) (jarrolik davolanish uchun);
onkourologik kasalliklarni kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda muolajalar) amaliyotlar yordamida davolash;
siydik-tanosil tizimi rivojlanish nuqsonlarini (jom-siydik nayi segmenti plastikasi, ureterovezikal segment plastikasi, uretrada qayta tiklash operatsiyalari), kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda nuqsonlarni bartaraf etish) amaliyotlar yordamida davolash.
18. Travmatologiya va ortopediya kasalliklari:
son suyaklarining tug‘ma chiqishi;
tug‘ma mushakli bo‘yin qiyshiqligi;
tug‘ma maymoqlik;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi;
skolioz;
Erba paralichi;
tizza qopqog‘ini tug‘ma chiqishi;
artrogripoz;
suyakning xavfsiz o‘smalari;
bolalar tserebral paralichi;
nomukammal osteogenez;
oyoq o‘qi qiyshiqliklari;
yassioyoqlik;
tayanch harakat tizimi tug‘ma rivojlanish anomaliyalari;
Shprengel kasalligi;
o‘smasimon kasalliklar;
qo‘l bilak va tirsak qiyshiqliklari;
ko‘krak qafasi deformatsiyalari;
suyaklardagi tug‘ma soxta bo‘g‘imlari;
Blaunt kasalligi;
poliomiyelit asoratlari;
osteoxondropatiya kasalliklari;
o‘smirlar epifizeolizi;
tayanch harakat tizimining tizimli kasalliklari;
umurtqa pog‘onasining tug‘ma anomaliyasi.
19. Neyroxirurgiya kasalliklari:
orqa va bosh miya o‘smalari;
kraniosinostozlar;
bosh miya suyagi va yumshoq to‘qimalari o‘smalari;
gidrotsefaliya;
bosh va orqa miya agressiv kistalari;
bosh va orqa miyadagi yallig‘lanish va parazitar jarayonlar;
tug‘ruq paytidagi markaziy va periferik jarohatlanishlar va ularning asoratlari;
bosh miya travmatik jarohatlanishi va ularning asoratlari;
o‘sib boruvchi bosh miya defekti va sinishlari;
bosh miya va umurtqa pog‘onasi dizrafik kasalliklari;
bosh va orqa miya tug‘ma churralari;
orqa miya fiksirlangan sindromi;
nozal likvoreya;
notravmatik miya ichi qon quyilishi;
bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari;
tug‘ma tserebral paralichlar;
kraniovertebral soha anomaliyalari;
umurtqa va orqa miya travmalari va ularning asoratlari;
epilepsiya.
20. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya kasalliklari:
a) pulmonologiya kasalliklari:
bronxial astma hurujlararo davri;
obstruktiv bronxit remissiya davri;
retsidiv bronxit remissiya davri;
surunkali bronxit remissiya davri;
bronxoektatik kasallik;
zotiljam;
allergik rinit remissiya davri;
b) gastroenterologiya kasalliklari:
oshqozon yara kasalligi remissiya davri;
ichak ta’sirlanish sindromi;
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi remissiya davri;
surunkali xoletsistit remissiya davri;
surunkali pankreatit remissiya davri;
surunkali gepatit nofaol davri;
v) nevrologiya kasalliklari:
meningit, ensefalit, poliomiyelit asoratlari remissiya davri;
tserebral leptomeningit remissiya davri;
nasliy mushak-nerv kasalliklari spinal va nevral amiotrofiya remissiya davri;
bosh miya jarohati asorati remissiya davri;
bolalar tserebral paralichi yengil shakli;
polinevroradikulopatiya remissiya davri;
g) revmatologiya kasalliklari:
revmatoidli artritning 2-3 darajasi faol davri;
reaktiv artropatiya bo‘g‘imlarning eroziv o‘zgarishi, Reyter kasaligi;
skoliozning 3-4 darajasi. Kifoz, kifolordoz, tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi;
ko‘krak qafasi deformatsiyasi qo‘l va oyeqlar qiyshiqligi;
son-chanoq bo‘g‘imlari tug‘ma chiqishi;
son-chanoq bo‘g‘imlari displaziyasi asorati;
koksartroz;
osteoxondropatiya;
d) kardiologiya kasalliklari:
atrio-ventrikulyar blokadaning 2-3 darajasi;
sinus tuguni sustligi sindromi;
yurak ritmining buzilishi (bo‘lmachalar hilpillashi);
yurak ritmining buzilishi (bo‘lmachalar titrashi);
yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi (WPW sindromi);
yurak ritmining buzilishi atrio-ventrikulyar tuguni retsiprok taxikardiyasi;
yurak ritmining buzilishi (yuqori darajadagi qorinchalar ekstrasistoliyasi);
yurak ritmining buzilishi (qorinchalar taxikardiyasi).
21. Ko‘z mikroxirurgiyasi kasalliklari:
ko‘z gavharini lyuksatsiyasi, sublyuksatsiya bilan bog‘liq kasalliklar, Marfan, Marchezani sindromlari (ikki yoshdan boshlab);
tug‘ma kataraktaning barcha turlari;
asoratli va travmadan keyingi katarakta (ikki yoshdan boshlab);
infantil, yuvenil glaukoma (uch yoshdan boshlab);
to‘r parda yirtilishlarining va ko‘chishlarining barcha turlari (ikki yoshdan boshlab);
shox parda belomasi va distrofiyasi (jarrohlik amaliyoti uchun besh yoshdan boshlab);
qovoq kasalliklari — ptoz, ektropion, entropion (qayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun);
qovoqlarning chandiqlanishi natijasida rivojlangan kasalliklar — ektropion, entropion, ptoz;
hamkor va paralitik g‘ilayliklarning barcha turlari (atipik turlari, DVD sindrom, Duyena sindromi, A va V pattern);
nistagm kasalligi (jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun);
simblefaron kasalligi (jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ikki yoshdan boshlab);
ko‘z olmasi subatrofiyasi va anoftalm (protez qo‘yish uchun);
to‘r pardaning periferik distrofiyalari (ikki yoshdan boshlab periferik to‘r pardaning aniqlangan yirtilishlari — to‘r pardaning chegaralangan va periferik lazer koagulatsiyasi);
eksimer lazer korreksiyaga yoki refraksion fakoemulsifikatsiyaga ko‘rsatma bo‘lgan holatlarda refratsiya anomaliyalari: anizometropiya, yuqori darajali astigmatizm;
preproliferativ, proliferativ to‘r parda lazer koagulatsiyasiga ko‘rsatma bo‘lgan holatlarda diabetik retinopatiya;
gemoftalm;
endoftalmit.
22. Teri kasalliklari: tug‘ma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
2-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida patologiyali homilador ayollar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
23. Yurak qon tomir kasalliklari:
tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni;
barcha turdagi kardiomiopatiyalar;
yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar;
yurak rekonstruktiv jarrohlikdan keyingi holatlar.
24. Nafas sistemasi kasalliklari:
nafas yetishmovchiligini 2-3 darajasi bilan asoratlangan o‘pka kasalliklari;
bronxial astmaning og‘ir shakllari.
25. Jigar kasalliklari:
jigar tsirrozi;
surunkali gepatitningfaol davri (S, D, V turlari).
26. Qandli diabet kasalligi.
27. Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoqning 3-darajasi.
28. Buyrak kasalliklari:
yagona buyrak;
ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi;
glomerulonefrit;
surunkali buyrak yetishmovchiligi;
nefrostoma.
29. O‘ta og‘ir akusherlik kasalliklari:
uchtadan ko‘p bo‘lgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
ikkitadan ko‘p bo‘lgan 22 haftadan katta erta tug‘ish holatlari (perinatal yo‘qotishlar bilan) anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
anamnezida ikkita va undan ko‘p kasal yoki nogiron tug‘ilgan chaqaloqlari bor homilador ayollar.
30. Qon va qon yaratuvchi a’zolar kasalliklari:
kamqonlikning og‘ir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam);
tug‘ma va ortirilgan trombotsitopatiyalar.
31. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz):
tizimli qizil yugurik, poliarterit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit;
Bexterev kasalligi.
32. Ko‘krak qafasida, qorin bo‘shlig‘ida, kichik chanoq bo‘shlig‘ida (o‘pka, buyrak, jigar, siydik pufagi, siydik yo‘llari, qora taloq, ingichka va to‘g‘ri ichak, chanok suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan homilador ayollar.
33. Ko‘z kasalliklari: glaukoma.
34. 18 yoshgacha bo‘lgan patologiyali homilador ayollar.
35. Turli yomon sifatli va chegaradosh o‘sma kasalliklari.
36. Tuberkulyoz (sil) kasalligi.
37. Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar.
38. Nevrologik kasalliklar:
miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi;
bosh miya va orqa miyada jarrohlik davolanishdan keyingi holat;
tutqanoqning (epilepsiya) og‘ir turlari;
miasteniya;
Giyen-Barre sindromi;
tromboz va tromboembolik asoratlar.
3-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
39. Homilador ayollarda 1-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
40. Homilador ayollarda 2-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
41. Qandli diabetda “Sharko to‘pig‘i”ning surunkali asoratlangan bosqichi. To‘piq trofik yaralari.
42. Qandli diabetda “Diabet to‘piq” sindromi, boldir, son amputatsiyasidan keyingi holat, asoratlangan flegmona cho‘ltog‘i.
43. Homilador ayollarda tireotoksikozning og‘ir, labil kechishi (asoratlangan mersal aritmiya).
44. Tireotoksikoz, tireostatiklarga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga radioyodterapiya.
45. Tireotoksik yurak va jigar bilan og‘rigan bemorlarga radioyodterapiya.
46. Radioyodterapiya, til ildizi buqoqi (qalqonsimon bez ektopiyasi).
47. Struma magna, strangulyar sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
48. Akromegaliya (jarrohlik davolanish uchun).
49. Akromegaliya asoratlarining mavjudligi (ikkilamchi osteoporoz, simptomatik arterial gipertenziya, glyukoza tolerantlikning buzilishi, ikkilamchi gipoterioz, ikkilamchi gipokortitsizm, ikkilamchi gipogonadizm).
50. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
51. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
52. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi pangipopituitarizm bilan.
53. Feoxromotsitoma (jarrohlik davolanish uchun).
54. Birlamchi giperparatireoz ko‘plab sinishlar bilan (jarrohlik davolanish uchun).
2-§ 18 yoshgacha bo‘lgan endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
55. Ikkilamchi va uchlamchi gipotireoz o‘smalari (kraniofaringioma), granulomatoz jarayonlar, kraniotserebral travmalar, nur terapiyasi, ximioterapiya).
56. Tireotoksikozning 3-darajasi asoratlari, tireotoksik yurak, endokrin ensefalopatiyasi, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
57. Tugunli, ko‘p tugunli toksik buqoq (diffuz toksik buqoq dekompensatsiyasi, tireotoksik yurak, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
58. Tugunli buqoq, ko‘p tugunli buqoq, toksik adenoma, aralash toksik buqoq, tireotoksikoz kasalliklarining yomon sifatli o‘sish belgilari (jarrohlik davolanish uchun).
59. Til ildizidagi buqoq (qalqonsimon bezning ektopiyasi).
60. 1 va 2-darajali giperparatireoz (davolash usullarini aniqlash va jarrohlik davolanish uchun).
61. Idiopatik, psevdogipoparatireoz gipoparatireoz (tashxis qo‘yish uchun).
62. Yangi aniqlangan 1-tur qandli diabet (insulinoterapiya korreksiyasi uchun), 1-tur qandli diabetning labil kechishi.
63. Neonatal qandli diabet.
64. 1-tur qandli diabet, qandli diabetning surunkali asoratlarini davolash, diabet nefropatiyasi (surunkali buyrak yetishmovchiligining 5-dializi).
65. Pastbo‘ylik. Pastbo‘ylikning tug‘ma va pubertat shakllari (tashxis qo‘yish uchun).
66. Buyrak usti bezi po‘stloq kismining tug‘ma buzilishi, 21-gidroksilaza yetishmovchiligi 11ᵝ-gidroksilaza viril shakli (tashxis qo‘yish uchun).
67. Jins shaklanishining buzilishi (tashxis qo‘yish uchun).
68. Erta jinsiy yetuklik (tashxis qo‘yish uchun).
69. Bolalardagi feoxromatsitoma.
70. Gigantizm (tashxis qo‘yish uchun).
71. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
72. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘lik bo‘lmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
73. Pangipopituitarizm (tashxis qo‘yish uchun).
74. Gipoganadotrop gipoganodizmning tug‘ma shakllari: Kalman, Pradera-Villi, Laurens-Munu-Barde-Bildya sindromlari (tashxis qo‘yish uchun).
75. Gipogonadotrop gipergonadizmning tug‘ma shakllari: Shershevskiy-Terner, Klaynfelter, Nunan, Androgenlarga sezuvchanlikning susayishi sindromlari (tashxis qo‘yish uchun).
4-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
76. Xavfli o‘smalar: Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
77. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
78. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi.
79. Bullyoz o‘zgarishlar: po‘rsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
80. Tug‘ma nuqsonlar: tug‘ma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
81. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, Keratodermiyalar.
82. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
83. Surunkali yarali piodermiya.
84. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
85. Pellagroid dermatit.
86. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
87. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq o‘choqlar mavjud bo‘lsa.
88. Alopetsiya.
89. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
90. Zambrug‘ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz, L35,37, B40-48).
91. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
92. Virusli kasalliklar: o‘rab oluvchi temiratki.
93. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari (O26), o‘tkir uchli kondilomalar.
94. Neyrodermit.
95. Jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
so‘zakning hamma turlari.
2-§ 18 yoshgacha bo‘lgan jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
96. Xavfli o‘smalar:Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
97. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
98. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi).
99. Bullyoz o‘zgarishlar: po‘rsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
100. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, keratodermiyalar.
101. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
102. Surunkali yarali piodermiya.
103. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
104. Pellagroid dermatit.
105. Enteropatik akrodermatit.
106. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
107. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq o‘choqlar mavjud bo‘lsa.
108. Alopetsiya.
109. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
110. Zambrug‘ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz).
111. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
112. Virusli kasalliklar: o‘rab oluvchi temiratki.
113. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari, o‘tkir uchli kondilomalar.
114. Neyrodermit.
115. Jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
so‘zakning hamma turlari.
5-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
116. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
disseminatsiyali sil;
milliar sil;
kazeoz zotiljam;
kavernali sil;
fibroz kavernali sil;
tsirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining og‘ir shakli (ShLU);
silning rezistent turining “muvaffaqiyatsiz davolash” natijalari;
sil plevriti (plevra empiyemasi);
koniosil;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichlarining limfa tugunlari sili;
suyak va bo‘g‘inlar sili;
siydik tanosil a’zolari sili;
teri va teri osti yog‘ qatlami sili;
ko‘z sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotorakslar, plevra empiyemasi, yurak-o‘pka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yo‘ldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur bo‘lgan silning barcha turlari.
117. Pulmonologiya kasalliklari:
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining (SOO‘K) 4-darajasi, og‘ir xuruj davri (JNChH1<30%), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari;
bronxial astmaning 4-bosqichi, og‘ir xuruj davrining keskin ifodalangan obstruktiv o‘zgarishlarida (JNChH1<50%), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, kasallikning garmonga bog‘liqlik yoki garmonga turg‘unlik holatlar;
bronxoektatik kasallik, og‘ir shakli, o‘pka ventilatsiyasining keskin buzulishi holatlari (JNChH1 50% kam va O‘TS 30% kam bo‘lgan), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, qon tupurish, miokardiodistrofiya, bronxogen sepsis, septikopiyemiya bilan asoratlangan holatlar;
shifoxonadan tashqari zotiljam, og‘ir kechishi, immunodefetsit holatlar va yondosh kasalliklar bo‘lgan holda, o‘pkani ko‘p bo‘lakli zararlanishi, plevral bo‘shliqlarga suyuqlik yig‘ilishi, qon tupurish, o‘pkadan tashqari infeksiya o‘choqlari: miokardit, poliserozit, arterit, meningit kasalliklari bilan asoratlanishlar;
yaqqol ifodalangan restriktiv buzlishlar (JO‘TS 50% kam bo‘lgan), o‘pkaning interstitsial va granulematoz kasalliklari, o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari bilan asoratlanishi yoki surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi yoki o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari bo‘lgan kasalliklar.
2-§ 18 yoshgacha bo‘lgan sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
118. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
bolalarning sildan zaharlanishi;
birlamchi sil majmuasi;
ko‘krak ichi limfa tugunlari sili;
milliar sil;
tarqalgan sil;
o‘choqli sil;
yallig‘langan sil;
kazeoz zotiljam (irigan zotiljam);
tuberkuloma;
kavakli sil;
fibroz-kavakli sil;
tsirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining og‘ir shakli (ShLU);
sil plevriti (jumladan, plevra empiyemasi);
bronx, traxeya, yuqori nafas yo‘llari sili;
nafas a’zolari silining o‘pkaning changli kasb kasalliklari bilan birga kechishi;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichi limfa tugunlari sili;
siydik va jinsiy a’zolar sili;
teri va teri osti yog‘ qavati sili;
periferik limfa tugunlari sili;
ko‘z sili;
boshqa a’zolar sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotoraksslar, plevra empiyemasi, yurak-o‘pka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yo‘ldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur bo‘lgan silning barcha turlari.
6-bob. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
1-§ 18 va undan katta yoshdagi onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
119. Tayanch-harakat tizimi o‘smalari:
a) xavfli o‘smalar:
suyak xavfli o‘smalari;
yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari;
teri melanomasi;
teri xavfli o‘smalari;
periferik nerv xavfli o‘smalari;
birlamchi o‘chog‘i noma’lum o‘smalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
o‘tuvchi o‘smalar (in situ);
teri melanomasi;
teri karsinomasi;
suyak xavfsiz o‘smalar;
yumshoq to‘qima xavfsiz o‘smalari;
terining xavfsiz o‘smalari;
orqa miya pardalari o‘smalari (KXT 10: D 32.1);
120. Torakal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
qizilo‘ngach xavfli o‘smalari;
oshqozon xavfli o‘smalari;
traxeya xavfli o‘smalari;
bronxlar va o‘pkalar xavfli o‘smalari;
ayrisimon bez xavfli o‘smalari;
yurak, ko‘ks oralig‘i va plevra xavfli o‘smalari;
nafas organlari va ko‘krak ichi organlari boshqa noaniq belgilangan xavfli o‘smalari;
b) chegaradosh o‘smalar:
qizilo‘ngach in situ karsinomasi;
traxeya in situ karsinomasi;
bronx va o‘pka in situ karsinomasi;
nafas organlari boshqa qismlari in situ karsinomasi;
nafas organlarining aniqlanmagan qismlari in situ karsinomasi;
v) xavfsiz o‘smalar:
qizilo‘ngach xavfsiz o‘smalari;
traxeya xavfsiz o‘smalari;
bronx va o‘pka xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining boshqa aniqlanmagan lokalizatsiyali xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi organlari boshqa va noaniq xavfsiz o‘smalari;
ayrisimon bez (timus) xavfsiz o‘smalari;
yurak xavfsiz o‘smalari;
ko‘ks oralig‘i xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi boshqa aniq organlari xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi organlari noaniq xavfsiz o‘smalari;
plevra mezotelial to‘qimasi xavfsiz o‘smalari;
o‘rta quloq, nafas organlari va ko‘krak qafasi organlari aniqlanmagan va noma’lum xarakterli xavfsiz o‘smalari;
hiqildoq xavfsiz o‘smalari;
traxeya bronx va o‘pkalar xavfsiz o‘smalari;
plevra xavfsiz o‘smalari;
ko‘ks oralig‘i xavfsiz o‘smalari;
ayrisimon bez xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining boshqa xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining aniqlanmagan xavfsiz o‘smalari;
boshqa va aniqlanmagan lokalizatsiyadagi no’malum xavfsiz o‘smalar.
121. Abdominal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
oshqozon xavfli o‘sma kasalligi;
o‘n ikki barmoq ichak xavfli o‘sma kasalligi;
ingichka ichak xavfli o‘sma kasalligi;
jigar va jigar ichi o‘t yo‘li xavfli o‘sma kasalligi;
o‘t pufagi (qopchasi) xavfli o‘sma kasalligi;
o‘t yo‘llarining boshqa va aniqlanmagan qismlari xavfli o‘sma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfli o‘sma kasalligi;
boshqa va aniq ko‘rsatilmagan hazm organlarining xavfli o‘sma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfli o‘sma kasalligi;
nexodjkin limfomasi;
buyrak usti bezi xavfli o‘sma kasalligi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
oshqozon xavfsiz o‘sma kasalligi;
ingichka ichak xavfsiz o‘sma kasalligi;
jigar va jigar ichi o‘t yo‘li xavfsiz o‘sma kasalligi;
o‘t pufagi (qopchasi) xavfsiz o‘sma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfsiz o‘sma kasalligi;
boshqa va aniq ko‘rsatilmagan hazm organlarining xavfsiz o‘sma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfsiz o‘sma kasalligi;
buyrak usti bezi xavfsiz o‘sma kasalligi.
122. Onkoginekologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
tashqi jinsiy a’zolar o‘smalari;
qin xavfli o‘smalari;
bachadon bo‘yni xavfli o‘smasi;
bachadon tanasi xavfli o‘smalari;
tuxumdonlar xavfli o‘smalari;
ikkilamchi tuxumdonlar xavfli o‘smalari;
bachadon naylari xavfli o‘smalari;
bachadon keng bog‘lami xavfli o‘smasi;
bachadon yumaloq bog‘lami xavfli o‘smasi;
parametriy xavfli o‘smalari;
ayollar jinsiy a’zolari boshqa xavfli o‘smalari;
platsenta xavfli o‘smalari;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
tashqi jinsiy a’zolar intraepitelial o‘smalari;
qin intraepitelial o‘smalari;
bachadon bo‘yni intraeptelial o‘smasi (sancer in situ);
bachadon tanasi intraepitelial o‘smalari (sancer in situ);
tuxumdonlar chegaradosh o‘smalari;
tashqi jinsiy a’zolarning saratondan oldingi (fon) kasalliklar;
qin xavfsiz o‘smalari;
1 — 3 darajali bachadon bo‘yni displaziyasi;
bachadon bo‘yni leykoplakiyasi;
bachadon naychalari xavfsiz o‘smalari;
endometriy atipik giperplaziyasi;
bachadon tanasi xavfsiz o‘smalari;
tuxumdonlar xavfsiz o‘smalari;
aniqlanmagan yoki noma’malum xarakteridagi o‘smalar.
123. Onkokoloproktologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
chambar ichakning yomon sifatli o‘smalari;
ko‘r ichak saratoni;
chuvalchangsimon o‘simta saratoni;
ko‘tariluvchi chambar ichak saratoni;
yo‘g‘on ichak o‘ng burchagi saratoni;
ko‘ndalang chambar ichak saratoni;
yo‘g‘on ichakning chap burchagi saratoni;
pastga tushuvchi chambar ichak saratoni;
sigmasimon ichak saratoni;
yo‘g‘on ichakning total zararlanishi;
rektosigmoid soha saratoni;
to‘g‘ri ichak saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni;
orqa chiqaruv teshigi saratoni;
anal kanali saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni bilan total shikastlanishi;
kichik tos o‘smasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
anal kanali polipi;
to‘g‘ri ichak polipi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining total jarohatlanishi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining o‘ng tomonlama jarohatlanish
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining chap tomonlama jarohatlanishi;
diffuz polipozining distal jaroxatlanishi;
kron kasalligi (malignizatsiya);
nospetsefik yaralli kolit (malignizatsiya);
yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak xavfsiz o‘smalari.
124. Bosh va bo‘yin onkologiyasi kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
pastki va yuqori lab xavfli o‘smalari (lab terisi istisno);
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xavfli o‘smalari;
so‘lak bezlari xavfli o‘smalari;
halqum xavfli o‘smalari (burun, og‘iz, hiqildoq);
burun va yondosh bo‘shliqlari xavfli o‘smalari;
hiqildoq xavfli o‘smalari;
suyak xavfli o‘smalari;
teri xavfli o‘smalari va melanoma;
yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari;
qalqonsimon bez xavfli o‘smalari;
boshqa, ikkkilamchi va noaniq ko‘rsatilgan xavfli o‘smalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
karsinoma in situ;
og‘iz bo‘shlig‘i va halqum xavfsiz o‘smalari;
katta so‘lak bezlari xavfsiz o‘smalari;
o‘rta quloq va nafas yo‘llari xavfsiz o‘smalari;
suyak, tog‘ay va yog‘ to‘qimasi xavfsiz o‘smalari;
gemangioma va limfangiomalar;
biriktiruvchi to‘qima va boshqa yumshoq to‘qimalar xavfsiz o‘smalari;
pigmentli nevuslar;
terini boshqa xavfsiz o‘smalari;
qalqonsimon bez xavfsiz o‘smalari.
125. Onkourologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
jinsiy olat xavfli o‘smalari;
prostata bezi xavfli o‘smasi;
moyak xavfli o‘smasi;
aniklanmagan erkak jinsiy a’zolari va boshka xavfli o‘smalari;
buyrak xavfli o‘smasi;
yuqori siydik yo‘llari xavfli o‘smasi;
qovuq xavfli o‘smasi;
uretra xavfli o‘smasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
jinsiy olat xavfsiz o‘smasi;
prostata bezi xavfsiz o‘smasi;
aniqlanmagan erkak jinsiy a’zolari va boshka xavfli o‘smalari;
qovuq o‘smasi;
moyak xavfsiz o‘smalari;
buyrak xavfsiz o‘smalari;
yuqori siydik yo‘li xavfsiz o‘smalari;
qovuq xavfsiz o‘smalari;
uretra xavfsiz o‘smalari.
126. Onkooftalmologiya kasalliklari:
a) xavfsiz o‘smalar:
qovoqlar terisi xavfli pigmentli o‘smalari;
qovoqlar terisi xavfli o‘smalari;
qovoq yumshoq to‘qimasi va biriktiruvchi to‘qima xavfli o‘smalari;
kon’yunktiva xavfli o‘smalari;
shox parda xavfli o‘smalari;
to‘r parda xavfli o‘smalari;
tomirli parda xavfli o‘smalari;
tsiliar tana xavfli o‘smalari;
yosh bezi va yo‘li xavfli o‘smalari;
ko‘z kosasi yumshoq to‘qimalari xavfli o‘smalari;
ko‘z kosasi suyak devorining xavfli o‘smalari;
ko‘ruv nervining o‘smalari;
diffuz noxodjkin limfomasi, alohida ko‘ruv a’zolari zararlanishi bilan;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
qovoq terisi, yumshoq to‘qimasi, ko‘z olmasi va kosasi gemangiomalari va limfomalar;
qovoq terisi xavfsiz o‘smasi;
qovoq biriktiruvchi to‘qimasi xavfsiz o‘smasi;
qovoq yumshoq to‘qimasi, kon’yunktiva, ko‘z kosasi dermoidi;
qovoq terisi, kon’yunktiva, ko‘z olmasi pigment nevuslari;
teri bezlari va ko‘z yosh bezi adenomalari;
ko‘z kosasi miks o‘smalari, fibromalar;
kon’yunktiva epitelial o‘smalari;
ko‘z kosasi suyakli devori o‘smalari.
127. Onkomammologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
sut bezi saratoni;
sut bezi pedjet saratoni;
filloid o‘smalarning sarkamatoz turi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
karsinoma in situ;
sut bezining noma’lum xarakterdagi o‘smalar;
fibroadenoma;
filloid o‘smalar;
filloid o‘smalarning xavfsiz turi;
filloid o‘smalarning psevdosarkamatoz turi;
yuvenil fibroadenoma;
sistadenoma.
128. Radioterapiya (nur terapiyasi) qo‘llaniluvchi kasalliklar:
bosh miya glial o‘smalari;
bosh miya noglial o‘smalari;
bachadon tanasi o‘smasi;
bachadon bo‘yni o‘smasi;
sut bezi o‘smalari;
limfomalar;
to‘g‘ri ichak o‘smalari;
anal kanali o‘smasi;
orqa miya o‘smalari;
bosh-bo‘yin o‘smalari;
qin xavfli o‘smalari;
Vulva o‘smasi.
129. Ximioterapiya qo‘llaniluvchi kasalliklar:
trofoblast kasalligi;
xavfli limfomalar;
mayda hujayrali o‘pka saratoni;
mezatelioma.
2-§ 18 yoshgacha bo‘lgan onkologiya kasalliklariga chalingan bemorlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar
130. Xavfli o‘smalar:
yumshoq to‘qima sarkomalari (fibrosarkoma, rabdomiosarkoma, sinovial sarkoma, liposarkoma, angiosarkoma, desmoid o‘smalar);
qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti sohalari noorgan xavfli o‘smalari (neyroblastoma, ganglioneyroblastoma, teratoblastoma);
ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalari (neyroblastoma, teratoblastoma, xavfli timoma, rabdomiosarkoma);
buyrak usti bezi xavfli o‘smalari (feoxromotsitoma, neyroblastoma);
buyrak xavfli o‘smalari (nefroblastoma, buyrak saratoni);
jigar xavfli o‘smalari (gepatoblastoma, gepatotselyulyar saratoni);
qin va bachadon xavfli o‘smalari;
tuxumdonlar xavfli o‘smasi (disgerminoma, embrional karsinoma, teratoblastoma, adenokarsinoma);
moyaklar xavfli o‘smasi (teratoblastoma, embrional karsinoma, seminoma);
siydik qopi xavfli o‘smalari (rabdomiosarkoma, neyroblastoma);
uzun va kalta naysimon suyaklari xavfli o‘smalari (osteogen sarkoma, xondrosarkoma, Yuing sarkomasi, xavfli gigant-hujayrali o‘sma);
qalqonsimon bez xavfli o‘smalari;
terida uchraydigan xavfli o‘smalar (melanoma, dermatofibrosarkoma);
noxodjkin limfomalari;
Xodjkin limfomalari;
xavfli gistotsitoz;
bosh miya xavfli o‘smalari;
bosh miya xavfsiz o‘smalari;
orqa miya kanalida xavfli o‘smalar.
131. Saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
teri va yumshoq to‘qima xavfsiz o‘smalari (gemangioma, limfangioma, fibrolipoma, fibroma);
burun-halqum sohasi xavfsiz o‘smalari (angiofibroma, tarqalgan adenomatoz polip);
qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti xavfsiz o‘smalari (ganglionevrinoma, nevrinoma, teratoma, dermoid kista);
jag‘ suyaklari osteodisplaziyalari (fibroz displaziya, osteoma, osteoxondroma);
so‘lak bezlarning aralash o‘smalari;
qalqonsimon bez o‘smalari;
sut bezlari fibroadenomalari;
uzun va kalta naysimon suyaklar xavfsiz o‘smalari (osteoma, osteoxondroma, ekzostoz, fibroz displaziya);
teri xavfsiz o‘smalari (pigmentli nevus, dermatofibroma, angiopapiloma);
tuxumdonlar xavfsiz o‘smalari (teratoma, dermoid kista);
moyaklarning xavfsiz o‘smalari (teratoma).
Izoh: mazkur Ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ko‘rsatiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 10/19/3176/3562-son)
Dostları ilə paylaş: |