V. Xulosa:
Men ushbu kurs ishini bajarish davomida C++ dasturlash
tilida dasturlash
to‘g‘risidagi bilimlarimni amaliy jihatdan o‘rgandim va nazariy bilimlarimni
amaliy jihatdan mustahkamlab oldim. Dastur tuzish davomida C++
Builderda
ma‘lumotlar bazalari bilan ishlashni o‘rgandim. Ma‘lumotlar
bazalarini
dasturga bog‘lash, ma‘lumotlar bazalaridagi jadvallar bilan ishlash, ya‘ni
ma‘lumotlarni qo‘shish, qo‘shilgan ma‘lumotlarni o‘zgartirish, o‘chirish kabi
amallarni bajarishni o‘rganib oldim va amalga oshirdim. C++ Builderda
mavjud bo‘lgan ko‘plab komponentalar haqida ma‘lumotga ega bo‘ldim.
Komponentalarning
turlari,
ularning
vazifalari, dasturda
yaratadigan
qulayliklari haqida tushunchaga ega bo‘ldim va ko‘plab komponentalarni o‘z
dasturimni tuzish davomida ishlatdim. Kurs
ishini bajarish davomida
dasturdagi
ko‘plab
komponentalar
palitrasidan,
komponentalardan
foydalanishni o‘rgandim. O‘z dasturimni tayyorlash jarayonida dasturda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hatoliklar, hamda turli xildagi istisno holatlarni
oldindan bilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli chora tadbirlarni amalga
oshirdim. Dasturda hatolikka olib keladigan ma‘lumotlar
kiritilganda
foydalanuvchini ogoxlanitirish xabarlarini chiqaruvchi dastur kodlaridan
foydalandim. Dasturdan boshqa O‘zbekiston respublikasidagi sug‘urta
tizimi
haqida ko‘plab malumotlarni o‘rgandim.
O‘z dasturimni tayyorlash jarayonida shunga amin bo‘ldimki, har bir
dasturchi, o‘z
dasturini tuzar ekan, avvalambor uning foydalanuvchiga
tushunarli,
boshqarishga oson, hamma qismlari puxta hisob-kitob qilingan,
dasturda yuz berishi mumkin bo‘lgan
xatoliklarni oldi olingan, dasturning
yashash sikli hisbga olingan bo‘lishi lozim ekan. Shundagina yaratilgan dastur
foydalanuvchiga uzoq muddat, samarali hizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: