Iqtisodiyotning yana bitta qonuni bunday deydi:
baholar yuqori bo‘lganda
taklifning hajmi (kattaligi) narxlar past bo‘lgandagiga qaraganda kattaroq
bo‘ladi.
Taklifning qiyshiq chizig‘i.
Taklifning qiyshiq chizig‘i – sotuvchilar turli narsalar va ma’lum vaqt ichida
sotishga taklif qiladigan tovarlar va xizmatlarning miqdorini ko‘rsatuvchi
qiyshiq
chiziqdir.
Taklifning qiyshiq chizig‘ini shakli firmalarning maksimal darajada foyda
olishga intilishlari bilan aniqlanadi. Bunday talqin (izoh) taklifning qiyshiq chizig‘i
nima uchun chetdan o‘nga qarab tepaga yo‘naltirilganligi, ya’ni
nima uchun
firmalar ko‘proq mahsulotlarni yuqoriroq narxlarda taklif qilishga tayyor
ekanliklarini tushunishga yordam beradi.
Agar ushbu tovarga talab oshsa, u ancha kam topiladigan bo‘ladi va uning narxi
ham ko‘tariladi. Taklifning hajmi (kattaligi) oshadi, chunki o‘sib borayotgan foyda
ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Ancha baland bo‘lgan
narxlar va
foyda bu tarmoqqa boshqa firmalarni ham jalb etadi.
Talab pasayganda tovarning narxi tushadi, bu esa bozorda mavjud bo‘lgan
narxda bunday tovarlar keragidan ortiqcha miqdorda borligini bildiradi.
Narxlar
pasayganda ishlab chiqarish kamroq foyda keltiradigan bo‘lib qoladi, shuning
uchun firma bu tovarni chiqarishni qisqartiradi va
bu mahsulotni taklif qilish
kamayadi. Narxning tushishi shunga olib kelishi mumkinki, kamroq
samara bilan
ishlayotgan firmalar bu tarmoqdan ketishga majbur bo‘lishadi.
Dostları ilə paylaş: