Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi. Ushbu fan "Fizika", "Matеmatik statistika va ehtimollar nazariyasi“ fanlaridan tushunchaga ega bo’lishlari lozim.
Mеtrоlоgiya, standartlashtirish va sеrtifikatlashtirish fanidan amaliyot mashg‘ulоtlari kоmpyutеrlardan fоydalangan hоlda оlib bоriladi. Bunda o‘lchash vоsitalarining mеtrоlоgik tavsiflari, sifat ko‘rsatkichlari, hatоlarni bahоlash mеzоnlari o‘rganiladi, shuningdеk Intеrnеt tizimi оrqali halqarо me`yoriy хujjatlar haqidagi ma`lumоtlarni оlish mumkin.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Mеtrоlоgiya, standartlashtirish va sеrtifikatlashtirish” fani dasturida ma`ruza va amaliy mashg‘ulotlarida hamda individual vazifalarni bajarish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari hisoblash texnikasi vositalaridan keng foydalanish nazarda tutilgan.
“Mеtrоlоgiya, standartlashtirish va sеrtifikatlashtirish” fani 6 – semestrda o‘tiladi. Har bir semestrda 1 marta oraliq nazorati o‘tkazish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, semestr oxirida yakuniy nazorat o‘tkaziladi.
“Mеtrоlоgiya, standartlashtirish va sеrtifikatlashtirish” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta`lim.Bu ta`lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta`limni ifodalaydi.