Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim.Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash -yangi axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari:dialog, muloqot-hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh shakllari.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – axborot kommunikatsiya texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari:talabalar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy, yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish monitoringi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.