O`zbеkistоn rеspublikasi alоqa va aхbоrоtlashtirish agеntligi



Yüklə 237,5 Kb.
səhifə3/16
tarix26.09.2022
ölçüsü237,5 Kb.
#64153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishchi dastur 2021-22

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, muloqot-hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh shakllari.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – axborot kommunikatsiya texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy, yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish monitoringi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Yüklə 237,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin