apellyatsiyaqilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini tutishlik kafolati;
tizimgakirishninazoratqilish— turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
identifikatsiyalashninazoratqilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
qasddanbuzilishlargato’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;
davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;
axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.