Mavzu: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish ishlarini olib borish
Bajardi : Tojinorov Boymat Qabul qildi : Yusupov Rustam Toshkent – 2022
Ishdan maqsad: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish ishlarini olib boorish Nazariy ma’lumot: Matlab tizimining grafik imkoniyati Matlab tizimi ma’lumotlarni grafik tarzda ifodalashi borasida katta imkoniyatlarga ega. -mazkur tizimning grafik imkoniyatlari analitik vektor ko‘rinishda berilgan ikki va uch o‘lchovli funksiyalar grafigini chizish; -bir grafik oynada bir nechta funksiyalar grafigini yaratish; grafiklarni turli koordinata tizimlarida turli ranglar, nuqtalar va chiziqlar orqali ifodalash imkonini beradi; ikki o‘lchovli grafika tekislikda bir o‘zgaruvchining funksiyasi y=f(x) grafiklarini yaratish imkonini beradi. Matlab muhitida berilgan y=f(x) funksiyasining grafigini chizishda quyidagi umumiy funksiya va operatorlardan foydalaniladi: figure – grafik chizish uchun oyna yaratish; plot() – 2 o’lchovli grafik yaratish; subplot() – bitta oynada bir nechta funksiya grafigini chizish; hold on – bitta grafik oynasida bir nechta grafiklarni chizish; hold off – joriy oynada barcha avvalgi grafiklarni o’chirish; title – grafik nomini belgilash; xlabel, ylabel – grafik koordinatalarini nomlash; grid on – grafik fonida grid hosil qilish Berilgan parametrlar bo‘yicha funksiyalarning grafiklarini hosil qiling (bir o'q bo'ylab - x (t), ikkinchi o'q bo'ylab - y (t)):