TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIUNIVЕRSITЕTIQARSHIFILIALI
“ KOMPYUTER INJINIRINGI ” FAKULTЕTI
1 - BOSQICH MKI-12-22GURUHMAGISTRANTI
Xosiyotova Sarvinozning “Axborotlarni izlash va ajratib olish”
fanidan
1-Mustaqilishi
Qabul qildi : Egamberdiyev Xojiakbar
Reja 1.Kirish.Axborotlarni izlash va ajratib olish tushunchasi 2.Bulev izlash tizimi funksiyalari.
3.Atamalar lug’ati va hodisalar ruyhati.
Axborotni izlash (angl.information retrieval) — axborotni qidirish jarayoni bo’lib, axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun strukturalashmagan hujjatlardan zarur ma’lumotlarni izlash haqidagi fan sifatida rivojlanib kelmoqda.
Axborot izlash – bu ma’lum bir hujjatlar (matnli) to’plamidan oldindan belgilangan shartli mavzu (so’rov) yoki zarur (axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirishga tegishli) ma’lumotlarni, faktlarni, xabarlarni izlash – aniqlash jarayoni.
Qidiruv jarayoni ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va taqdim etishga qaratilgan operatsiyalar ketma-ketligini o’z ichiga oladi.
Umumiy holda axborotni qidirish to’rtta etap (bosqich)dan tashkil topgan:
axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va axborot so’rovini shakllantrish;
mumkin bo’lgan axborotlar massivining egasini (manbasini) aniqlash;
aniqlangan axborot massividan ma’lumotlarni ajratib olish;
olingan axborot bilan tanishish va qidiruv natijasini baholash.
Axborotni qidirish fan sifatida
Axborot qidirish – bu kognitiv psixologiya, informatika, axborot dizayni, lingvistika (tilshunoslik), semiotika va kutubxonashunoslik kabi fanlar kesishmasida turuvchi ilmiy soha hisoblanadi.