O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikasiyalarni Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al – Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali tt va kt fakulteti Axborot Xavfsizligi kafedrasi



Yüklə 105,48 Kb.
səhifə3/7
tarix17.10.2023
ölçüsü105,48 Kb.
#156609
1   2   3   4   5   6   7
Qarshi Shahar Telicom ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti (2)

KROSSda ishlashda.
1.KROSSda ishlaganda maxsus xalat, tapochka va ushlash qismlar himoyalangan indikator va asboblar bilan ishlashlari kerak.
2.KROSSda, krossirovka ishlarini bajarishda, instrumentlarni izolyatsiyali qismidan ushlab ishlash kerak.
3.Chaqmoq vaqtda havo kabel aloqa liniyalarida o’lchash ishlarini olib boorish mumkin emas.
4.Agarda aloqa liniyalarida begona kuchlanish tushib qolsa, u holda KROSSda turgan navbatchi liniyadagi elektromontyorni zudlik bilan xabardor etishi kerak. Begona kuchlanish yo’qotilgandan so’ng, uni bor-yo’qligini indikator bilan tekshirib ko’rib, to’la ishonch hosil qilishi kerak.
Termik katushkalar liniyadagi begona kuchlanish yo’qotilgandan so’nggina almashtiriladi. Narvonlar bilan ishlaganda faqat soz bo’lgan narvonlardan foydalanib ishlash kerak. Zarur hollarda, KROSSda liniya bilan stansiyani ajratish zarurati tug’ilganda, faqat dastasi izolyatsiyali, maxsus uzadigan anjomlardan (kusachka) foydalanib uzish kerak, nosoz bo’lgan elektr jihozlardan, elektr isitgich, choy qaynatgichlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
ATSlarda ishlaganda.
1.Stativlarning yuqori qismida ishlaganda faqat soz bo’lgan narvonlardan foydalanish kerak.
2.Ishlayotganda faqat yengil, maxsus xalat, tapochka va ushlash qismlar himoyalangan indikator va asboblar bilan ishlashlari kerak.
3.Avtozallarda ishlaganda dastalari izolyatsiyali asboblardan foydalanib ishlash kerak.
4.Har xil turdagi elektr isitgich, choy qaynatgichlardan ish joylarda foydalanish, nosoz bo’lgan elektr jihozlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
5.LATS, KROSS, ATS va hokazolarda chekish va sigaret qoldiqlarini tashlash qat’iyan man etiladi.
Umumiy qoidalar.
Mahalliy telefon tarmoqlarini (bundan keyin ShTT va QTT) ekspluatatsiya qilishning asosiy vazifasi aholini, davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi subyektlarni uzluksiz va sifatli telefon aloqasi bilan ta’minlash hisoblanadi.
Telefon aloqasining nosoz ishlashi to’g’risidagi arizalar bo’yicha o’z vaqtida va tashkiliy choralarko’rilishi ShTT va QTT abonentlariga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilaydi.
Telefon aloqasining nosozligi to’g’risidagi arizalar, shikastlanishni bartaraf qilish davomiyligi, sifati tog’ri hisobga olinishi ushbu ko’rsatkichlarni tahlil qilish hamda ShTT va QTTni ekspluatatsiya qilish sifatini yaxshilash bo’yicha choralar ko’rish imkonini beradi.
ShTT yoki tuman aloqa uzelining boshlig’i, bosh (katta) muhandisi har hafta shikastlanishlar hisobi, bartaraf qilish tartibi va muddatlarini to’g’ri yuritilayotganligini tahlil qilishi kerak.
Krosslar va ATSlar orqali uzatiladigan boshqa shikastlanishlarga quyidagilar kiradi: qo’riqlash signalizatsiyasidagi shikastlanish; ShTSga bartaraf qilish uchun uzatilgan shikastlanish; SA uzatish tizimi apparaturasidagi shikastlanish; keng polosali foydalanish uskunasidagi shikastlanish; videotelefon, IAD va hokazolardagi shikastlanishlar; elektr ta’minot qurilma uskunasidagi, raqamni avtomatik tarzda aniqlash uskunasidagi shikastlanish; sirkulyar chaqiruv ustunidagi shikastlanish; abonent zichlashtirish tizimidagi shikastlanish. Ushbu shikastlanishlar alohida ekspluatatsiya qilish bo’linmalarida tarmoqning aniq tuzilmasiga bog’liq holda hisobga olinishi kerak.
Quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga kelgan aloqa ishidagi tanaffuslar shikastlanishlarga taalluqli emas:
a)stansiya va liniya inshootlaridagi reja bo’yicha ta’mirlash ishlari yoki ularning rekonstruksiya qilinishi;
b)OTUni bitta kabeldan boshqasiga qayta ulash;
c)ShTT, QTTdagireja bo’yicha elektr o’lchash ishlari;
d)ShTT, QTT xodimi tomonidan OTU o’rnini almashtirish uchun uni yechib olish;
e)taqdim etilgan xizmatlar haqi to’lanmaganligi uchun OTUni o’chirish;
f)OTU, telefon rozetkasidagi shikastlanish;
g)sertifikatlanmagan telefon apparatlari va boshqa OTUdan foydalanish;
h)ShTT, QTT tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan qo’riqlash signalizatsiyasi va uskunaning shikastlanishi;
i)birgalikdagi dalolatnoma bilan tasdiqlangan, abonentning aybi bilan abonent simining shikastlanishi;
j)qurilish ishlari, kabellarga qasddan shikast yetkazilishi yoki ularning o’g’irlanishi bilan yuzaga kelgan stansiya va kabel-liniya inshootlaridagi avariya-tiklash ishlari.

Yüklə 105,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin