Monoxramatik EMM uchun tenglamalar, kompleks vektorlar, kompleks dielektrik singdiruvchanlik.
Kompleks vektorlar. Elektromagnit maydon tenglamalarining kompleks shakllari
Kompleks dielektrik singdiruvchanlik. Yo’qotishlar burchagi
Monoxromatik maydon uchun chetki manba’larni xisobga oluvchi tenglamalar tizimi
Yuqorida yozilgan tenglamalar maydon vektorlarining oniy qiymatlari uchun yozilgan, ya’ni, ular maydonning vaqt bo’yicha ixtiyoriy o’zgarishi uchun o’rinli. Agar vektorlar vaqt bo’yicha doimiy davrli sinusoidal qonun bo’yicha o’zgarsa, bunday maydonlar monoxromatik deb ataladi. Bunday maydonlar uchun kompleks vektorlarni keritish, ya’ni, kompleks amplitudalar usulini qo’llash o’rinli. Bu usulda oniy qiymatlar o’rniga formal kattaliklarni qo’llaniladi. Masalan, N = Hmsin(t+n) o’rniga Nmejt ko’rinishdagi kompleks kattalik yoziladi.

Quyidagi tenglamaga ko’ra, Im kompleks miqdorning mavxum qismini ko’rsatadi
EMM bo’yicha ko’p adabiyotlarda, vaqt bo’yicha kosinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradigan maydonlarni monoxromatik maydon deb ataladi. U xolda,
ya’ni, kompleks miqdorning moddiy qismi qo’llaniladi.
Oniy qiymatlardan kompleks qiymatlarga o’tish garmonik fizik jaryonlarni matematik usulda ko’rib chiqishni osonlashtiradi. Bunda differentsiallash va integrallash amallari ularni (jw) ko’paytuvchisiga ko’paytirish yoki bo’lish amallari bilan almashtiriladi. Bu erda - ko’rib chiqilayotgan chastota garmonikasi.