O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə37/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi.

Vaqtli qatorlar ikki elementdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar. Vaqtli qatorlar uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin.

Vaqt ko‘rsatkichidan bog‘langan holda vaqtli qatorlar momentli (ma’lum bir sanaga) va intervaliga (ma’lum bir davr ichida) tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi).


Shuningdek, vaqtli qatorlar sanalar o‘rtasidagi oraliq va ko‘rsatkichlarni mazmuni bo‘yicha farqlanadi. Mazmuni bo‘yicha vaqtli qatorlar ko‘rsatkichlari xususiy va agregatsiyalangan ko‘rsatkichlaridan tashkil topadi. Xususiy ko‘rsatkichlar hodisa va jarayonlarni ajratib, bir tomonlama xarakterlaydi (masalan, sutkada o‘rtacha suv iste’mol qilish hajmi ko‘rsatkichining dinamikasini): agregatsiyalangan ko‘rsatkichlar xususiy ko‘rsatkichlardan hosila hisoblanadi va o‘rganilayotgan hodisa va jarayonni kompleks xarakterlaydi (masalan, iqtisodiy kon’yunkturaning ko‘rsatkichlarini dinamikasi)

Ko‘rinib turibdiki, vaqtli qatorning darajasini shakllantiruvchi barcha komponentlar uchta guruhga bo‘linadi. Asosiy tashkil etuvchi bo‘lib, trend hisoblanadi. Undan trendni tashkil etuvchini ajratib olinganidan keyin mavsumiy va tasodifiy komponentalar qiymati qoladi.

Agar qatorning tashkil etuvchilarining barchasi aniq topilgan bo‘lsa, unda tasodifiy komponentaning matematik kutilishi nolga teng bo‘ladi va uning o‘rtacha qiymat atrofida tebranishi doimiydir.

Vaqtli qatorning asosiy komponentasi bo‘lib trend hisoblanadi. Trend –bu vaqt bo‘yicha qatorni barqaror tendensiyasi bo‘lib, ozmi-ko‘pmi tasodifiy tebranishlardan ta’siridan ozoddir.



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin