bob. Ekonometrika asoslari fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari
Tayanch iboralar: Ekonometrik modellashtirish asoslari. Ekonometrik modellardagi o‘zgaruvchilar. Ekonometrik tenglamalar tizimi. Endogen va ekzogen omillar. Ekonometrik modellarni tuzishga bo‘lgan talablar. Kovariatsiya koeffisienti va uni hisoblash usuli. Korrelyatsiya koeffisientini hisoblash uslubi va o‘zgarish intervallari. Korrelyatsiya koeffisienti ahamiyatini Styudent mezoni bo‘yicha baholash. 1.1. Ekonometrik modellashtirishning nazariy asoslari “Ekonometrika nima? Ekonometrikani o‘rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo‘lishini ta’minlaydi deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning sababi, hozirgi kunda amaliy iqtisodiyotning ahamiyati uzluksiz ravishda ortib borishi hamda miqdoriy hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va gipotezalarni baholash har qachongidan ham ko‘proq zaruratga aylanib borishidadir. Nazariy iqtisodiyotga ko‘ra ikki va undan ortiq o‘zgaruvchi orasida bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, amaliy iqtisodiyot kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog‘liqlikning dalilini talab qiladi. Real ko‘rsatkichlarni qo‘llab iqtisodiy bog‘liqlikni hisoblash usullarini o‘rgatuvchi fan ekonometrikadir”1.