Uchinchi bosqich – modelni verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffisienti va determinatsiya koeffisienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «eng kichik kvadratlar usuli» ning bajarilish shartlari tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar chuqur tahlil, sintez hamda prognoz qilinadi, muqobil qaror qilish uchun ilg‘or taraqqiyot kafolati yaratiladi.
Amaliy ekonometrik ish bosqichlari7.
Amaliy ekonometrik ishning dastlabki bosqichida iqtisodiy nazariyaning bir modeli olinadi. Bu nazariyaga ko‘ra, amaliy iqtisodiy belgilarning birinchi vazifasi empirik sinaladigan shaklda qo‘llaniladigan ekonometrik model hosil qilishdir. Keyingi bosqichda test taqdimotida ishlatish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va undan keyin modelni baholash bilan davom etish mumkin.
Modelni baholash amalga oshirilgandan so‘ng, ishlatiladigan model to‘g‘ri ekaniga va baholash ishlari to‘g‘ri olib borilganiga ishonch hosil qilish va ba’zi diagnostika tekshirishlarini amalga oshirish uchun amaliy ekonometristlar spesifikatsiya testlarini taqdim etishlari kerak.
Testlar orqali modelning to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangach, nazariy jihatdan oldindan bilishning amal qilish muddatini aniqlash maqsadida gipoteza tarzidagi keyingi testni qo‘llash kerak va shundan keyin farazlar hosil qilish uchun modeldan va amaliy tavsiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Agar spesifikatsiya testlarining noto‘g‘ri ekani va testlar orqali modelning to‘g‘ri qo‘llanilmagani aniqlansa, ekonometrist ekonometrik modelning avvalgi bosqichiga qaytib, barcha amallarni boshidan qayta bajarib chiqishi kerak bo‘ladi (1.1-rasmga qarang).
1.1-rasm. Amaliy ekonometrik tahlil bosqichlari8
Dostları ilə paylaş: |