O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti qarshi filiali



Yüklə 270,16 Kb.
səhifə1/4
tarix01.01.2022
ölçüsü270,16 Kb.
#50886
  1   2   3   4
Oromov Siroj ning OATDAN 7-MISh









O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI



4 – BOSQICH TT 11 – 18 – GURUH TALABASI

OPTIK ALOQA TIZIMLARI ” FANIDAN




7-MUSTAQIL ISHI


Bajardi : Oromov S

Qabul qildi: M.Rustamova



Qarshi 2021

Mustaqil ish No7.



Mavzu: Tizimlarining axborot xavfsizligi

Reja:



  1. Tizimlarining axborot xavfsizligi

  2. Aloqa tizimlarini himoyalashdan ko’zlangan maqsadlar

Aloqa tizimlari xizmat ko‘rsatadigan hududni qamrab oladigan yacheykalar (sotalar) ko‘rinishida yaratiladi. Har bir yacheykaning markazida o‘z yacheykasi doirasida barcha mobil stansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi baza stansiyasi joylashadi. Abonentning harakatlanishida tizimning yacheykalari orasida bitta baza stansiyadan boshqasiga xizmat ko‘rsatishni uzatish – estafetali uzatish (handover) amalga oshiriladi.

Barcha baza stansiyalari ajratilgan simli yoki radiorele aloqa kanallari orqali mobil aloqasining kommutatsiya markazi bilan ulangan. Mobil aloqa tizimlarining o‘lchamlari katta bo‘lgan holda ularda qo‘shimcha kommutatsiya markazlari joylashtirilishi mumkin. Kommutatsiya markazidan umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga chiqish mavjud, u orqali mobil aloqa tizimi bilan o‘zaro harakat amalga oshiriladi. Abonent boshqa mobil aloqa tizimi hududiga o‘tganida unga xizmat ko‘rsatish bitta mobil aloqa tizimidan boshqasiga o‘tkaziladi, ya’ni rouming amalga oshiriladi.

Aloqa tizimlarini himoyalashdan asosiy maqsadlar quyidagilar:



  • aloqa tizimlari barcha bo‘g‘inlarining (tinchlik payti, alohida va favqulodda vaziyatlarda) axborot xavfsizligini tashqi xavflardan himoyalash;

  • shaxs, jamiyat va davlatning mobil aloqa tizimlarida aylanadigan ma’lumotlari maxfiyligini saqlashga oid huquqlari buzilishining oldini olish;

Maqsadlarga asoslangan holda mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish vazifalari shakllantiriladi:

  • axborot xavfsizligining ichki va tashqi xavflarini aniqlash va bashorat qilish, ularning oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • respublika miqyosida aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yagona siyosatni shakllantirish;

  • aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilishda qo‘llanadigan usullar va vositalarni takomillashtirish va standartlashtirish;

ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi faoliyatni davlat boshqaruvi (litsenziyalash) mexanizmini yaratish va amalga oshirish hamda mobil aloqa tizimlarini sertifikatsiyalash tizimining va ularning tarkibiga kiruvchi himoyalangan texnik vositalar, ma’lumotlarni himoyalash vositalari hamda qo‘llaniladigan himoya choralari samaradorligini nazorat qilish vositalarining faoliyat yuritishini ta’minlash.

Har bir alohida aloqa tizimidagi ma’lumotlarni himoya qilish tizimi hamda uning tuzilishi va amalga oshirilishiga yondashuv individual hisoblanadi. Biroq har bir holatda mobil aloqa tizimidagi ma’lumotlarni samarali kompleks himoyasini yaratish uchun quyidagilar zarur:



  • Himoyaga muhtoj ma’lumotlarning zaifligiga ta’sir ko‘ratuvchi barcha omillarni aniqlash, ya’ni mobil aloqa tizimiga bo‘lgan xavflar modelini qurish va chiqib ketish kanallarini aniqlash.

  • Xavflarni aniqlashga qaratilgan ma’lumotlarni himoya qilish usullarini asoslash.

  • Ehtimolli ma’lumotlar chiqib ketishidan bo‘lgan zararni minimallashtirishga asoslangan aloqa tizimidagi ma’lumotlarni himoya qilish vazifalarining sifatli yechimini ta’minlovchi kompleks tizimni yaratish.




Yüklə 270,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin