Kurs haqida ma’lumot Mazkur kursning o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy mobil dasturlashning nazariy va amaliy bilimlarini va ularni yaratish texnologiyalarini, mobil dasturlash uchun mo‘ljallangan Java, Python Kivy, Dart Flutter, React Native dasturlash tillari va texnologiyalari; Android Studio, PyCharm, Intellij Idea dasturlari orqali mobil dasturlashning asosiy tushunchalarini, SQLite texnologiyasi va ular bilan ishlashning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – mobil dasturlashning nazariy asoslari, ularni tuzilishi va Android hamda iOS platformalarini yaratilishi, qayta ishlanishi, mobil ilova arxitekturasini shakllantirish, foydalanuvchi interfeysi va muhitini yaratish hamda uni boshqarishni o‘rgatish va ularni qo‘llashdan iborat.
Ushbu dasturga muvofiq kurs ma’ruzalar mavzulari, talabalarning professor-o‘qituvchi ishtirokidagi individual mashg‘ulotlari mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari mavzulari, nazorat ishlari savollaridan iborat.
Mustaqil ishlarni bajarish orqali talabalar mobil ilovalarni ishlab chiqish fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi.