1. Umumiy qoidalar 1.1 Ushbu “COSCOM MChJ, Ucell savdo belgisining axloq va xulq-atvor kodeksi” (keyingi o‘rinlarda - Kodeks) Kompaniyaning ichki normativ hujjatlariga taalluqli bo’lib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlari asosida, shuningdek, axloqiy me'yorlarni birlashtirish, halol va axloqiy ishbilarmonlik xulq-atvorini targ'ib qilish, qonunbuzarlik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ish yuritish va tadbirkorlik amaliyotining tan olingan jahon standartlarini hisobga olgan holda Kompaniyaning ichki normativ hujjatlari asosida ishlab chiqilgan hamda egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, Kompaniya xodimlarining axloqiy xulq-atvorining umumiy tamoyillari va asosiy qoidalari majmui bo‘lib, korporativ odob-axloq sohasida halol va axloqiy ishbilarmonlik xulqini qaror toptirishga qaratilgan.
1.2 Kompaniya Abonentlar/mijozlarning hozirgi va kutilayotgan umidlarini qondirishga qaratilgan innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bozoridagi ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmaning muhim qismi hisoblanadi.
1.3 Ushbu Kodeks majburiy bo’lib, Kompaniyaning barcha Xodimlari tomonidan belgilangan tamoyillar va qoidalarning qat'iy qo'llanishi uchun mo'ljallangan.
1.4 Ushbu Kodeks qonunning belgilangan talablariga va Kompaniyaning ushbu faoliyat sohasi masalalariga taalluqli ichki normativ hujjatlariga muvofiq qayta ko'rib chiqilishi, almashtirilishi va/yoki bekor qilinishi mumkin.
1.5 Ushbu hujjatning o'z vaqtida amalga kiritilishi uchun mas'ul shaxs Kompaniyaning kompleans nazorat bo’limi boshlig'i hisoblanadi.
2. Axloqiy xulq-atvorning asosiy tamoyillari. 2.1 Axloqiy xulq-atvor me'yorlari biznes odatlari va ilg'or biznes amaliyotlaridan kelib chiqadigan asosiy tamoyillarga asoslanadi. Kompaniyaning har bir Xodimining xatti-harakatlari Kompaniyaning obro'si va moliyaviy holatiga bevosita ta'sir qilishi mumkin, ya'ni har bir Xodimning mas'uliyatli va ongli axloqiy xulq-atvori butun Kompaniya biznesining barqarorligini kafolatlaydi.
2.2 Kompaniya o'zining professional faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiradi:
- Tadbirkorlik amaliyotida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, korruptsiyaga qarshi xulq-atvor standartlariga va Kompaniyaning ichki normativ hujjatlariga rioya qilishda qonuniylik, adolatlilik va qat’iylik;
- Axloqiy xulq-atvor normalarining ochiqligi, adolatliligi, oshkoraligi va ommaviyligi;
- O'zaro munosabatlarda halollik, vijdonlilik, hurmat va ishonch;
- Kompaniya xodimlarining professionalligi;
- Fuqarolar va yuridik shaxslar, jamiyat va davlat oldidagi fuqarolik va kasbiy burchini anglash;
- O'z zimmasiga olgan majburiyatlarni so'zsiz bajarish;
- Professional ish yuritish standartlariga rioya qilish;
- Kompaniyaning barcha xodimlarini hurmat qilish;
- Sabrlilik, bag'rikenglik va yuqori xulq-atvor va munosabatlar madaniyati;
- O'z ishining sifati va natijalari uchun javobgarlik;
- Maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish;
- Manfaatlar to'qnashuviga yo’l qo’ymaslik;
- Korruptsiyaga qarshi kurash .