248
-
zararli hodisani yuzaga kelish ehtimoli;
-
va zararli hodisaning oqibatlari.
Riskning ta’siri.
Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga
yoki kutilgan qiymatga ta’sir yetadi. Risk ta’siri
tashkilot, jarayon yoki tizimga
zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta’sir riskni kuzatilish ehtimoli jiddiyligini
ko’rsatadi.
Riskning chastotasi.
Riskni aniqlash va baholashga bog’liq holda,
risklarni
tasniflashda ularning takrorlanish chastotatasiga va ko’p sonli ketma-ketliklarga
asoslanadi. Chastota va ko’p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim hususiyat
hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga:
minor risklar –
e’tibor talab
qilmaydigan va
major risklar –
alohida e’tibor va kuzatuv talab qiluvchilarga
ajratiladi. Risklar chastotasi va ko’p sonligiga asoslangan holda ularni ikki o’lchamli
matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin.
Riskning darajalari.
Risk darajasi tarmoqda (yoki tizimga) natijaviy ta’sirning
bahosi bo’lib, risk chastotasi va uning ko’p sonligiga ko’ra
risklarni darajaga
ajratishning ko’plab usullari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan usullaridan biri bu
– ikki o’lchamli matrisa usulidir.
Risklarni tahlil qilishda, chastota yoki mojaro kuzatilishi va natijasining
ehtimoli bilan ishlash talab etiladi. Bu esa risk darajasini ifodalaydi. Risk quyidagi
tenglik bilan ifodalanadi:
Risk darajasi = natija × ehtimollik.
Risk darajalari 4 ta: ekstirmal yuqori, yuqori, o’rta va past, bo’lishi mumkin.
Ekstrimal yuqori
yoki
yuqori
risk paydo bo’lishini va salbiy ta’sirini
kamaytirish uchun maxsus yo’naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu darajadagi
risklar yuqori yoki o’rtacha ta’sirning yuqori ehtimolligiga ega bo’ladi.
Mazkur
darajadagi risklar jiddiy xavfni olib keladi va shuning uchun, zudlik bilan aniqlash
hamda qarshi chora ko’rishni talab qiladi.
O’rta darajali risklar
yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past
ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo’lishi mumkin. Alohida qaralganda yuqori
ehtimollikka ega past natijali hodisalar loyiha narxiga yoki kutilgan natijaga kam
249
ta’sir qiladi. Past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy monitoringni
talab etadi. O’rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko’rish
talab etilmasada,
himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar
odatda e’tibor bermasa bo’ladigan yoki keyingi
baholashlarda e’tibor bersa bo’ladigan risklar toifasi bo’lib,
ularni bartaraf etish
qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatni
keltirib chiqarmaydi.
Risk matrisasi
risklarni paydo bo’lish ehtimolini ularning natijasi va ta’siri
orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini grafik
taqdim etadi. Risk matrisasi riskning ortib boruvchi ko’rinishi
uchun
foydalaniluvchi sodda jarayon bo’lib, qarshi choralarni ko’rishda yordam beradi.
Risk matrisasi risklarni turli darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan
guruhlash imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir
tashkilot tomonidan amalga
oshiriladigan risklarni o’lchash usullari ham mavjud (93-rasm).
Dostları ilə paylaş: