О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Muhim risk ko’rsatkichlari. 
Muhim risk ko’rsatkichlari risklarni samarali 
boshqarish jarayonida muhim tashkil etuvchi bo’lib, dastlabki bosqichlarda 
harakatlarning xavflilik darajasini ko’rsatadi. Muhim risk ko’rsatkichlarini to’g’ri 
aniqlash tashkilot maqsadini tushunishni talab etadi. U tashkilotdagi risk ehtimolini 
ko’rsatuvchi o’lchov bo’lib, quyidagilarni amalga oshirishda yordam beradi: 
-
hodisa ta’sirini aniqlash; 
-
chegara qiymatda ogohlantirish; 
-
risk hodisalarini qayta ko’rish. 
Muhim risk ko’rsatkichi aniqlik bilan hisoblanishi va tashkilotning muhim 
amalga oshirish ko’rsatkichlariga salbiy ta’sirlarni aks ettirishi kerak. Bu yerda, 
tashkilotning 
muhim 
amalga 
oshirish 
ko’rsatkichi 
tashkilotni 
o’zining 
maqsadalariga erishish jarayonini baholash ko’rsatkichi hisoblanadi.


253 
Risklarni boshqarish bosqichlari. 
Risklarni boshqarish uzluksiz jarayon 
bo’lib, har bir bosqichda muvaffaqqiyatli amalga oshirilishni talab etadi. U 
aniqlangan va faol ishlaydigan xavfsizlik dasturidan foydalangan holda xavfni 
maqbul darajada oldini oladi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy to’rtta bosqichga 
bo’linadi: 
1.
Risklarni aniqlash. 
2.
Risklarni baholash. 
3.
Risklarni bartaraf etish. 
4.
Risk monitoringi va qayta ko’rib chiqish. 
Har bir tashkilot risklarni boshqarish jarayonida yuqorida keltirilgan 
bosqichlarni bosib o’tadi. Quyida ushbu bosqichlar bilan yaqindan tanishib chiqiladi. 
Risklarni aniqlash. 
Risklarni boshqarishdagi dastlabki qadam bo’lib, uning 
asosiy maqsadi riskni tashkilotga zarar yetkazmasdan oldin aniqlash hisoblanadi. 
Risklarni aniqlash jarayoni mas’ul mutaxassislar qobiliyatiga bog’liq bo’lganligi 
sabab, ular turli tashkilotlar uchun farq qiladi. Risklarni aniqlash o’zida tashkilot 
xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarning manbasini, sabablarini, 
natijasini va boshqalarni aniqlashni mujassamlashtirgan. Risklar odatda quyidagi 4 
ta muhim sohalardan kelib chiqadi: 
-
Muhit.
Muhitga aloqador bo’lgan risklar o’zida ish joyidagi kamchiliklar, turli 
xalaqitlar, issiq/ sovuq muhit, tutun, past yoritilganlik va elektr xavflari 
kabilarni birlashtiradi.
 
-
Jixoz. 
Jixozga aloqador risklar sifatida jixozlarning past ta’mirlash muhiti, 
ishlamaslik, mavjud bo’lmaslik va vazifaga nomutanosibligini keltirish 
mumkin.
 
-
Mijoz. 
Mijozlar bilan bog’liq risklar odatda muhim o’zgarishlar, kutilmagan 
ko’chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi.
 
-
Vazifalar. 
Vazifalarga aloqador bo’lgan risklarga yetarli bo’lmagan bajarish 
vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash va xodimlar sonini yetarli 
bo’lmasiligi orqali paydo bo’luvchi risklar misol bo’ladi.
 
Risklarni aniqlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: 


254 
-
kontekstni belgilash:
xodim ichki va tashqi muhitni va tashkilot faoliyatidagi 
joriy holatni aniqlaydi; 
-
risklarni sanash:
bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ular sababli 
kutilayotgan natijalar aniqlanadi. 
Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og’ishlarni kamaytiradi 
va bu o’z navbatida kelajakda ta’sir qiluvchi omillar ehtimolini kamaytiradi. 
Risklarni aniqlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, ular asosida turli dasturiy 
vositalar ishlab chiqilgan. Ko’plab risklarni aniqlash jarayonlari maxsus 
shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Risklarni aniqlash jarayoni bir 
qancha faktorlarga, masalan, tarmoqning holati va jamoa a’zolarini risklarni 
boshqarishdagi qobiliyatlariga asoslanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin