О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Lokal 
simsiz 
tarmoqlar 
Binolar yoki 
ofislar orasida 
Yuqori 
IEEE 
802.11, 
Wi-Fi va 
HiperLAN 
Simli tarmoqlarni 
mobil kengaytirish 
Regional 
simsiz 
tarmoqlar 
Shaharlar 
orasida 
Yuqori 
IEEE 
802.16, va 
WIMAX 
Binolar va korxonalar 
va Internet orasida 
belgilangan simsiz 
bog’lanish 
Global 
simsiz 
tarmoqlar 
Butun dunyo 
bo’yicha 
Past 
CDPD, 2G, 
2.5G, 3G, 
4G, 5G 
Butun dunyo bo’yicha 
Internetdan 
foydalanishda 
 


164 
4.3.2. Simsiz tarmoqlarda mavjud zaifliklar 
Xavfsiz simsiz ilovani yaratish uchun simsiz “hujumlar” amalga oshirilishi 
mumkin bo’lgan barcha yo’nalishlarni aniqlash talab etilsada, ilovalar xech qachon 
to’liq xavfsiz bo’lmaydi. Ammo, simsiz texnologiyalardagi xavf-xatarni sinchiklab 
o’rganish har holda himoyalanish darajasini oshishiga yordam beradi. Demak, 
mumkin bo’lgan tahdidlarni tahlil qilib, tarmoqni shunday qurish lozimki, 
hujumlarga xalaqit berish va nostandart “hujumlar”dan himoyalanishga tayyor 
turish imkoni mavjud bo’lsin. 
Nazoratlanmaydigan xudud.
Simli va simsiz tarmoqlar orasidagi asosiy farq 
tarmoq chetki nuqtalari orasidagi mutlaqo nazoratlanmaydigan hududning 
mavjudligidir. Uyali tarmoqlarning yetarlicha keng makonida simsiz muhit aslo 
nazoratlanmaydi. Zamonaviy simsiz texnologiyalar tarmoq makonini boshqarish 
vositalarining chegaralangan to’plamini taqdim etadi. Bu simsiz tuzilmalarning 
yaqinidagi hujum qiluvchilarga simli dunyoda mumkin bo’lmagan hujumlarni 
amalga oshirishga imkon beradi. 
Ruxsatsiz suqilib kirish. 
Agar simsiz tarmoq himoyasi amalga oshirilmasa, 
ixtiyoriy simsiz ulanish imkoniyatiga ega qurilma undan foydalanishi mumkin. 
Mazkur holatda odatda kirish joyining yopiq eshittirish diapazoni 50-100 metrni 
tashkil qilsa, tashqi maydonda 300 metrgacha bo’lishi mumkin.
Yashirincha eshitish.
Simsiz tarmoqlar kabi ochiq va boshqarilmaydigan 
muhitda eng tarqalgan muammo - anonim hujumlarning mavjudligi bo’lib, bundan 
uzatishni ushlab qolish uchun niyati buzuq odam uzatgich (peredatchik) oldida 
bo’lishi lozim. Ushlab qolishning bunday turlarini umuman qaydlash mumkin emas 
va ularga halaqit berish undan xam qiyin. Antennalar va kuchaytirgichlardan 
foydalanish, ushlab qolish jarayonida niyati buzuq odamlarga nishondan aytarlicha 
uzoq masofada bo’lishlariga imkon beradi. 
Simsiz tarmoqlarda foydalaniluvchi barcha protokollar ham xavfsiz emas 
sababli yashirincha eshitirish usuli katta samara berishi mumkin. Masalan, simsiz 


165 
lokal tarmoqlarda foydalaniluvchi WEP protokolidan foydalanilgan bo’lsa, u holda 
katta ehtimollik bilan tarmoqni eshitish imkoniyati tug’iladi. 
Xizmat ko’rsatishdan voz kechish.
Butun tarmoqda, jumladan, bazaviy 
stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo bo’ladiki, 
stan-siyalar bir-birlari bilan bog’lana olmasligi sababli DoS (Denial of Service - 
xizmat ko’rsatishdan voz kechish) xilidagi xujum tarmoqni butunlay ishdan 
chiqarishi mumkin. Bu xujum ma’lum doiradagi barcha kommunikasiyani o’chiradi. 
Simsiz tarmoqqa bo’ladigan DoS xujumni oldini olish yoki to’xtatish murakkab. 
Simsiz tarmoq texnologiyalarining aksariyati lisenziyalanmagan chastotalardan 
foydalangani bois bir qancha elektron qurilmalardan interferensiya bo’lishi mumkin.
Simsiz tarmoqda DoS hujumlarini amalga oshirishda hujumchilar tomonidan 
ICMP Ping so’rovlaridan foydalaniladi. Quyidagi 64-rasmda mazkur holat keltirib 
o’tilgan. 
Server
Server
Kommutator
Qonuniy 
foydalanuvchi
Qonuniy 
foydalanuvchi
Qonuniy 
foydalanuvchi
Hujumchi
Hujumchi tomonidan 
uzluksiz ICMP Ping 
so’rovini yuborilishi
Simsiz marshrutizatorni 
ICMP Ping so’rovlar bilan 
to’ldirish

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin