О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Ma’lumotlarni zaxira nusxalash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

5.2. Ma’lumotlarni zaxira nusxalash usullari 
5.2.1. Zaxira nusxalash 
Hozirgi kunda ma’lumotlarni yo’qolishi tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik 
muammolaridan biri bo’lib, buning natijasida tashkilot katta zarar ko’rishi mumkin. 
Shuning uchun, tashkilotdan davomiy ravishda muhim bo’lgan ma’lumotlarni zaxira 
nusxalab borishi talab etiladi. 
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash
– muhim bo’lgan axborotni nusxalash yoki 
saqlash jarayoni bo’lib, bu ma’lumot yo’qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini 
beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar: 

zarar yetkazilgandan keyin tizimni normal ish holatiga qaytarish uchun; 

tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotni yo’qolishidan so’ng uni qayta 
tiklash uchun. 
Tashkilotlarda ma’lumot yo’qolishi moliyaviy tomondan va mijozlarga 
aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy kompyuterda esa shaxsiy 
fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli axborotni yo’qolishiga sababchi bo’ladi. 
Ma’lumotlarni yo’qolishiga quyidagilar sababchi bo’lishi mumkin: 
-
Inson xatosi: 
qasddan yoki tasodifiy ma’lumotni o’chirib yuborilishi, 
ma’lumotlarni saqlash vositasini to’g’ri joylashtirilmagani yoki ma’lumotlar 
bazasini xatolik bilan boshqarilganligi. 
-
G’arazli hatti-harakatlar:
tashkilotdagi muhim ma’lumotlarni 
modifikasiyalanishi yoki o’g’irlanishi. 
-
Tabiiy sabablar:
quvvat o’chishi, dasturiy ta’minot to’satdan o’zgarishi yoki 
qurilmani to’satdan zararlanishi. 
-
Tabiy ofatlar:
zilzila, yong’in va hak. 
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira nusxalash 
quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 


174 
-
muhim bo’lgan ma’lumotlardan yo’qolgan va zararlangan taqdirda ham 
foydalanilish; 
-
zaxira nusxalash tashkilotlarni o’z vazifasini yo’qotishidan himoyalash va 
ma’lumotlarini ixtiyoriy vaqtda tiklash; 
-
ma’lumotlarni tiklash orqali tashkilotdagi yo’qolgan ma’lumotlarni qaytardik. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin