209
Mashina kodi
C
C++
MISRA-C
Java
C#
Scala
Rust
Haskell
Clean
ML
OCaml
Prolog
«xavfsiz»
«xavfsiz emas»
«yuqori xavfsiz»
79 – rasm. Dasturlash tillarining xavfsizlik darajasini sodda ko’rinishi
6.3. Zararkunanda dasturiy kodlar
Zararli dastur
bu - kompyuterga, serverga, mijozga yoki kompyuter
tarmog’iga zarar yetkazish maqsadida ataylab yaratilgan har qanday dastur. Zararli
dasturiy vositalar foydalanuvchini ruxsatisiz hujumchi kabi g’arazli amallarni
bajarishni maqsad qilib, ular yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki
boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin. Hujumchi zararli dasturiy vositalardan
foydalangan holda tizim xafsizligini obro’sizlantirishi, kompyuter amallarini buzishi,
maxfiy axborotni to’plashi, veb saytdagi kontentlarni modifikasiyalashi, o’chirishi
yoki qo’shishi, foydalanuvchi kompyuteri boshqaruvini qo’lga olishi mumkin.
Bundan tashqari, zararli dasturlar, hukumat tashkilotlardan va korporativ
tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanilishi
mumkin.
Zararli dasturlar turlari.
Zararli dasturlarning hozirda ko’plab ko’rinishlari
mavjud bo’lib, ular haqida 4.1.2 – bo’limda ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Quyida
esa ularning ayrimlari haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: