О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Kompyuter viruslarining tasnifi.
Hozirgi kunda kompyuter viruslarining 
yagona tizimli tasnifi mavjud emas va turli manbalarda ularni turlicha omillar 
asosida tasniflari keltirilgan. Xususan, kompyuter viruslarini quyidagi omillar 
bo’yicha tasniflash mumkin: 
1.
 
Resurslardan foydalanish usuliga ko’ra. 
Hozirgi kunda kompyuter 
viruslarini resursdan foydalanish usuliga ko’ra 
virus-parazitlar 
(yoki shunchaki 
virus
) va 
virus-chervlar 
(yoki shunchaki 
chervlar
) ga ajratish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Resurslardan foydalanib ko’payishning birinchisi bu – boshqa dasturga 
mansub bo’lish hisoblanib, ular boshqa dasturlar ichida joriy qilinadi va ushbu 
dastur yuklanishi bilan aktivlashadi. 
Ikkinchisi, odatda faqat hisoblash tizimi resursidan (tezkor va doimiy xotira, 
dasturiy bo’lmagan fayllar) foydalanib, tarmoq orqali o’z nusxalarini tarqatadi, 
axborot eltuvchilari, xotira buferi va begona arxivlar yordamida barchaga 
taqsimlanadi. Chervlar avtonom bo’lib, ular boshqa dasturlarga biriktirilmaydi.
2.
 
Zararlaydigan obyektlar turiga ko’ra. 
Ushbu tasnifga ko’ra viruslarni 
dasturiy

yuklanuvchi, makroviruslar 
va 
ko’p platformali 
viruslarga ajratish mumkin. 
Dasturiy 
viruslar boshqa dasturlarning fayllarini zararlaydi. Masalan, 
Win9X.CIH 
virusi Windows 95/98/ME OT dasturlari uchun parazit hisoblanadi. 
Yuklanuvchi 
viruslar yuklangan qattiq diskdagi, disketa yoki fleshka 
sektorlarida joylashgan kichik programmalarni zararlaydi yoki uni almashtiradi. 
Bunga misol sifatida, BIOS sathida ishlovchi 
Michelangelo 
virusini keltirish 
mumkin.


213 
Makroviruslar 
uchun sharoit yaratuvchi vosita sifatida ma’lum dasturlash 
tilida yozilgan va turli ofis ilovalari – MS Word hujjati, MS Excel elektron jadvali, 
Corel Draw tasviri, fayllarida joylashgan “makroslar” yoki “skriptlar” xizmat qiladi. 
Bunga misol qilib, MS Word hujjatlarini zararlovchi 
Concept 
virusi, Excel 
jadvallarini zararlovchi 
Laroux 
viruslarini keltirish mumkin. 
Ko’p platformali viruslar 
bir vaqtning o’zida turli xildagi obyektlarni 
zararlaydi. Masalan, 
OneHalf.3544 
virusi ham MS-DOS dasturlari ham qattiq 
diskning yuklanuvchi sektorlarini zararlasa, 
Anarchy 
oilasiga tegishli viruslar MS-
DOS va Windows dasturlaridan tashqari, MS Word hujjatlarini ham zararlay oladi. 
3. Faollashish prinsipiga ko’ra. 
Viruslarni ushbu xususiyatiga ko’ra 
rezident 
va 
norezident 
turlarga ajratish tavsiya etiladi. Rezident viruslar doimo kompyuter 
xotirasida aktiv holatda joylashadi. Boshqa dastur yoki operasion tizim orqali 
jabrlanuvchiga murojaatlarini kuzatib boradi va shundan so’ng unga yuqadi. 
Masalan, bajariluvchi dasturlar yuklanish vaqtida, ishni tugatish vaqtida yoki 
ularning fayllarini ko’chirish vaqtida zararlanadi. Bularga misol qilib, 
OneHalf.3544
(MS-DOS muhitida) va 
Win9X.CIH
(Windows 95/98/ME muhitida) viruslarini olish 
mumkin.
Norezident viruslar zararlangan tashib yuruvchilarni yuklash vaqtida ishga 
tushadi va ularning faoliyat vaqti cheklangan bo’ladi. Masalan, 
Vienna.648 
virusi 
zararlangan dastur ishga tushgandan so’ng darhol ishga tushadi. Biroq, ushbu vaqtda 
diskdan ko’plab qurbonlarni topishga va ularni biriktirishga ulguradi. Shundan so’ng, 
boshqaruvni o’zining saqlovchisiga uzatadi va o’zi keyingi yuklanishga qadar 

uxlaydi
”. 
Ko’p vazifali operasion tizimlarda “
yarim rezidentli
” viruslar mavjud bo’lib, 
ular xuddi norezident viruslar kabi yuklanadi. Alohida oqimli yuklangan dasturlar 
kabi tashkil qilib, ushbu dasturlarning butun ishlash davomida o’zini rezident kabi 
tutadi va o’z ishini saqlovchi-dasturi bilan birgalikda tugatadi. Masalan, 
Win32.Funlove.4070
bunga misol bo’la oladi.


214 
4. Dastur kodini tashkil qilish yondashuviga ko’ra. 
Mazkur taksanomik 
belgilar viruslarni 
shifrlangan, shifrlanmagan 
va 
polimorf
larga ajratishga imkon 
beradi.
Shifrlanmagan viruslar 
o’zini oddiy dasturlar kabi ko’rsatadi va bunda dastur 
kodida hyech qanday qo’shimcha ishlanmalar mavjud bo’lmaydi. Bunday viruslarni 
(masalan, 
Vienna.648
) dasturlarda osonlik bilan aniqlash hamda dizassamberlash va 
dekompilyatorlar orqali tadqiq qilish va o’chirib tashlash mumkin. 
Shifrlangan viruslar 
kodida bir qancha o’zgarishlar mavjud bo’ladi. 
Shifrlangan virus hisoblash qurilmasining xotirasida dastlab deshifrlanadi va 
shundan so’ng zararlashni boshlaydi. Shuning uchun, mazkur viruslarni aniqlash, 
o’rganish va o’chirish murakkab bo’lib, bu murakkablik kamida undagi qaytarish 
amali – kodni deshifrlash bilan xarakterlanadi. Odatda virusni shifrlash koddagi 
maxsus anti-debaggerlash usulidan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bunday 
viruslar sirasiga 
Sayha.Diehard 
virusini kiritish mumkin. 
Polimorf 
viruslar turli ko’rinishdagi shifrlangan viruslar bo’lib, o’zining 
ikkilik shaklini nusxadan-nusxaga o’zgartirib boradi. Mazkur sinfdagi viruslarga 
OneHalf 
oilasi viruslarini kiritish mumkin. Xususiy hollarda polimorflik 
metamorfik 
viruslar 
bo’lib, o’zining ikkilik tanasini shifrlamasdan, faqat ularni o’zgartirish 
orqali o’z nusxalarini yaratadi. Bunday viruslarga misol qilib, 
 Win32.Zmyst 
virusini 
keltirish mumkin.
5. Virus-chervlarning tasnifi. 
Virus-chervlarni tasniflash ularni tarqalish 
yo’llariga asoslanadi. Masalan, 
pochta chervlari (
masalan,
E-Worm.Win32.Aliz)
elektron pochta orqali tarqalsa, 
tarmoq chervlari 
(odatda ular 
Internet chervlari
deb 
ham yuritiladi) tarmoq protokollari yordamida tarqaladi va ma’lumot paketlari 
ichida yashiringan holda uzatiladi (masalan, 
Net-Worm.Win32.Lovesan
). 
“Telefon” 
yoki 
“mobil” 
chervlar (masalan, 
Cabir
) esa turli “tarmoq”lar, masalan, simsiz 
axborot uzatish tarmog’i hisoblangan 
BlueTooth 
orqali tarqaladi. Bundan tashqari, 
1980 yillarda tarqalgan 
fayl chervlari 
deb nomlangan turi (masalan, 
Mkworm.715

esa, o’zi mustaqil ravishda tarqalmaydi. Balki, o’zini turli tashib yuruvchilar va 
kataloglarda, hattoki, ZIP, RAR fayllarda nusxalaydi hamda shu tartibda tarqaladi. 


215 
6. Kompyuter viruslarining boshqa omillar bo’yicha tasnifi. 
Kompyuter 
viruslarining yuqorida keltirilgan omillardan tashqari quyidagi omillar asosida ham 
tasniflash mumkin: 

zararlaydigan operasion tizimi va platformasiga ko’ra (DOS, Windows, 
Unix, Linux, Android); 

kompyuter virusi yozilgan dasturlash tili bo’yicha (assembler, yuqori 
dasturlash tili, senariy tili va hak.); 

qo’shimcha zararli funksiyalariga ko’ra (bekdorlar, keyloggerlar, 
shpionlar, botnetlar va h.). 
Albatta, yuqorida keltirilgan kompyuter viruslarining tasnifi yakuniy emas va 
har bir muallif tanlab olgan omillari asosida ularni tahlil qilishi mumkin. Quyida esa 
hisoblash tarmoqlarida ko’p zarar keltirilgan va mashhur zararli dasturiy vositalar 
bilan tanishib chiqiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin