О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi. 
Antivirus dasturiy vositasi 
kompyuterni himoyalashda amalga oshirilish kerak bo’lgan zaruriy shart sifatida 
qaraladi. Umuman olganda, antivirus kompyuter uchun zararli dasturlarni 
skanerlash, himoya qilish, karantin holatiga tushurish va boshqa amallarni bajaradi. 
Antivirus dasturiy vositalarini CD-disklardan va Internet tarmog’idan foydalangan 
holda o’rnatish mumkin. Antivirus dasturiy vositalari bir biridan ko’plab o’ziga xos 


221 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Internet tarmog’idan foydalanganda 
reklamalarni bloklash, Internet tarmog’idan kirib keluvchi zararli dasturlarni 
bloklash va hak. Biroq, foydalanuvchilar to’liq antivirus dasturiy vositalarining 
imkoniyatilarigi ishonib qolmasliklari kerak. 
Viruslarni doimiy aniqlash uchun antivirus dasturiy vositalari eng yangi va 
yangilangan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan na’munaviy fayllarga muxtoj. Biroq, 
antivirus ishlab chiqaruvchilar yangi virus uchun na’munaviy fayllar yaratguncha 
virus ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta hajmdagi yangi viruslar yaratiladi. Bu 
esa, yangi virus uchun vaksinani tayyorlash yetarlicha ko’p vaqtni talab qiladi. 
Bundan tashqari, antivirus dasturi Rootkit tipidagi zararli dasturlarni 
aniqlashda foydasi tegmasligi mumkin. Rootkit tipidagi zararli dasturlar kompyuter 
operasion tizimining markaziga hujum qilishni maqsad qiladi.
Antivirus dasturiy vositalarini sifatini baholash omillari. 
Antivirus dasturiy 
vositalarini quyidagi omillarga ko’ra baholanishi mumkin: 
-
ishonchlik va foydalanishdagi qulaylik – 
antivirus dasturiy vositasini 
“qotib qolishi” va foydalanish uchun turli tayyorganlikni talab 
etmasligi; 
-
barcha keng tarqalgan viruslarni sifatli aniqlash, hujjat fayllari/ 
jadvallari (MS Word, Excel), paketlangan, arxivlangan fayllarni 
skanerlash va zararlangan obyektlarni davolash qobilyati; 
-
barcha mashhur platformalar uchun mavjudligi (DOS, Windows NT,
Novell NetWare, OS/2, Alpha, Linux va boshq), talab bo’yicha va 
tezkor skanerlash rejimlarining mavjudligi; 
-
ishlash tezligi va boshqa xususiyatlari. 
Profilaktik choralar. 
Viruslar va virus yuqtirilgan fayllarni o’z vaqtida 
aniqlash, aniqlangan viruslarni har bir kompyuterda to’liq yo’q qilish virus 
epidemiyasini boshqa kompyuterlarga tarqalishini oldini olish mumkin. Har qanday 
virusni aniqlaydigan va yo’q qilishni kafolatlaydigan mutlaqo ishonchli dasturlar 
mavjud emas. Kompyuter viruslariga qarshi kurashishning muhim usuli bu o’z 
vaqtida profilaktika qilishdir. Virusdan zararlanish ehtimolini sezilarli darajada 


222 
kamaytirish va disklarda ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun 
quyidagi profilaktik choralar ko’rilishi kerak: 
-
faqat lisenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish; 
-
kompyuterni zamonaviy antivirus dasturiy vositasi bilan ta’minlash va uni 
doimiy yangilab borish; 
-
boshqa komyuterda yozib olingan ma’lumotlarni o’qishdan oldin har bir 
saqlagichni antivirus tekshiruvidan o’tkazish; 
-
arxivlangan fayllarni ajratgandan so’ng skanerlashni amalga oshirish; 
-
kompyuter disklarini takroriy antivirus dasturlari tekshiruvidan o’tkazish; 
-
kompyuter tarmoqlaridan olingan barcha bajariladigan fayllarni kirish 
nazorati uchun antivirus dasturidan foydalanish. 
Antivirus dasturiy komplekslari. 
Har bir antivirus dasturiy vositalarining 
o’ziga xos bo’lgan afzallik va kamchiliklarga ega. Faqat bir nechta antivirus dasturiy 
vositalaridan kompleks foydalanish to’liq himoyani ta’minlishi mumkin. Amalda 
ko’plab antivirus dasturiy vositalari mavjud bo’lib, ularga quyidagilarni misol 
keltirish mumkin [6] (14-jadval). 
14-jadval 
Turli antivirus dasturlarining xususiyatlari 
Mahsulot 
M
cA
fee
An
ti
Vi
ru
s P
lu

S
em
an
tec N
o
rt
o
n
A
n
tiV
ir
u
s P
lu

Ka
sp
er
sk
y
An
ti
-
Vi
ru

B
it
d
ef
en
d
er
A
nt
ivi
rus
P
lus
W
ebr
oo

S
ecu
reA
n
y
w
h
er

A
n
tiv
ir
u

E
se
t N
od3

A
n
tiv
ir
u

T
re
nd M
ic
ro 
A
n
tiv
ir
u
s+
S
ecu
ri
ty
F
-s
ecu
re A
n
ti
-
Vi
ru

V
ood
oo
S
of

V
ood
oo
S
hi
el
d
T
he
K
ur

Eng quyi narxi 
19.99$ 
19.99$ 
29.99$ 
29.99$ 
18.99$ 
27.99$ 
29.95$ 
39.99$ 
19.99$ 
19.99$ 
Talabga ko’ra 
skanerlash 










Doimiy 
skanerlash 










Veb saytni 
baholash 










Zararli URL ni 
bloklash 










Fishingdan 
himoya 










Xususiyatga 
ko’ra aniqlash 










Zaifliklarni 
skanerlash 











Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin