О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

2.1.8. Kodlar kitobi 
Kodlar kitobi ko’rinishidagi klassik shifrlash birinchi jahon urushi davrida 
ommalashgan. Kodlar kitobi lug’atga o’xshash bo’lib, so’zlar (ochiq matn 
so’zlari)dan va unga mos bo’lgan kod so’zlar (shifrmatn)dan tashkil topgan. 
Shifrlash uchun ushbu kodlar kitobidan zarur bo’lgan so’z aniqlanadi va unga mos 
bo’lgan kod so’z shifrmatn sifatida olinadi. Deshifrlashda esa ushbu jarayonning 
teskarisi amalga oshiriladi. Ya’ni, kodlar kitobidan shifrmatndagi kod so’z topiladi 
va ochiq matn sifatida unga mos bo’lgan so’z tanlanadi. Birinchi jahon urushi 
davrida Nemislar tomonidan foydalanilgan kodlar kitobi na’munasi quyidagi 
jadvalda keltirilgan [13]. 
 
 
 


31 
2-jadval 
Kodlar kitobidan olingan na’muna 
Ochiq matn 
Shifrmatn 
Februar 
13605 
fest 
13732 
finanzielle 
13850 
folgender 
13918 
Frieden 
17142 
Friedenschluss 
17149 


Masalan, “Februar” so’zini shifrlash uchun butun so’z 5-simvolli kod so’z 
13605 bilan almashtirilgan. Kodlar kitobi shifrlash uchun, deshifrlash uchun esa kod 
so’zlar ustuni bo’yicha tartiblangan kod so’zlar kitobidan foydalanilgan. Kod so’zlar 
kitobi o’rniga qo’yish akslantirishiga asoslangan bo’lib, bunda bir simvol emas balki 
butun so’z, ba’zida esa butun ibora o’rniga kod so’z qo’yilgan.
2-jadvalda keltirilgan kod so’zlar mashhur Zimmermann telegrammini 
shifrlash uchun foydalanilgan. 1917 yil birinchi jaxon urushi davrida, Germaniya 
tashqi ishlar vaziri Artur Zimmerman Germaniyaning Meksikadagi elchisiga 
shifrlangan ko’rinishdagi telegramma yuboradi. 10-rasmda keltirilgan shifrlangan 
xabar Britaniyaliklar tomonidan tutib olinadi. Bu vaqtda Britaniya va Fransiya 
Germaniya bilan urush va AQSh bilan betaraf holatida edi.
10-rasm. Zimmerman telegrammi 


32 
Ruslar Nemislarning kodlar kitobini zararlangan versiyasini tiklab, uni 
Britaniyaga yuboradi. Murakkab tahlillardan so’ng, Britaniyaliklar Zimmerman 
telegrammi yozilgan vaqtidagi kodlar kitobining bo’shliqlarini to’ldirishadi va uni 
deshifrlashadi. Telegrammda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan 
suvosti urushi boshlashni rejalashtirayotgani va bu AQSh bilan urushga olib kelishi 
mumkinligi haqida mulohazalar borligi bayon etilgan. Shu sababli, Zimmerman o’z 
elchisiga Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo’lishga 
undashi kerakligini aytadi. Xususan, Meksikani Texas, Yagni Meksika va Arizona 
shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma 
oshkor bo’lgandan so’ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turadi. Shundan so’ng, 
AQSh urushga kiradi. Zimmerman telegrammini to’liq deshifrlangan ko’rinishi 11-
rasmda keltirilgan [22]. 
11-rasm. Zimmerman telegrammining deshifrlangan ko’rinishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin