32
Ruslar Nemislarning kodlar kitobini zararlangan versiyasini tiklab, uni
Britaniyaga yuboradi. Murakkab tahlillardan so’ng, Britaniyaliklar Zimmerman
telegrammi yozilgan vaqtidagi kodlar kitobining bo’shliqlarini to’ldirishadi va uni
deshifrlashadi. Telegrammda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan
suvosti urushi boshlashni rejalashtirayotgani va bu AQSh bilan urushga olib kelishi
mumkinligi haqida mulohazalar borligi bayon etilgan. Shu sababli, Zimmerman o’z
elchisiga Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo’lishga
undashi kerakligini aytadi. Xususan, Meksikani Texas, Yagni Meksika va Arizona
shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma
oshkor bo’lgandan so’ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turadi. Shundan so’ng,
AQSh urushga kiradi. Zimmerman telegrammini to’liq deshifrlangan ko’rinishi 11-
rasmda keltirilgan [22].
11-rasm. Zimmerman telegrammining deshifrlangan ko’rinishi
Dostları ilə paylaş: