Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv
23
2.1.5. Kriptografik akslantirishlar Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda (deshifrlashda) ikki turdagi
akslantirish lardan foydalaniladi. Ulardan biri
o’rniga qo’yish (substitution) akslantirishi, ikkinchisi
o’rin almashish (permutation) akslantirishi.
O’rniga qo’yish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy
simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. O’rniga qo’yish
akslantirishida, ochiq matn belgilari bir alfavitdan olinib, unga mos shifrmatn
boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko’rinishda olingan o’rniga qo’yish akslantirishi asosida shifrlash
uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli Sezar nomi bilan
mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo’lsa, unga mos holda
shifrmatn “KHOOR” ga teng bo’ladi. Mazkur holda shifrmatn alifbosi ochiq matn
alifbosidan 3 taga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash kalitini
3 ga teng deb qarash mumkin. Deshifrlash jarayonida esa shifrmatn simvollari
shifrmatn alifbosidan olinib, unga mos ochiq matn alifbosidagi simvolga
almashtiriladi. Masalan, shifrmatn “ILUVW” ga teng bo’lsa, unga mos ochiq matn
“FIRST” ga teng bo’ladi.
O
ch
iq
ma
tn
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
S
h
if
r ma
tn
D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z A B C
O’rniga qo’yish akslantirishida ochiq matndagi simvollar shifrmatnda
bo’lmasligi mumkin. Biroq, ochiq matndagi simvollarning takrorlanish chastotasi
shifrmatndagi simvollarda ham bir xil bo’ladi (ko’p alifboli o’rniga qo’yish usullari
bundan mustasno). Masalan, yuqoridagi misolda ochiq matndagi “L” simvolining
takrorlanish chastotasi 2 ga teng. Uning o’rniga qo’yilgan shifrmatndagi “O”
24
simvolining ham takrorlanish chastotasi ham 2 ga teng. Bu holat ochiq matndagi
qolgan simvollar uchun ham o’rinli. Bu esa ushbu akslantirishni
chastotalar tahlili usuliga bardoshsizligini anglatadi.