25
1.
Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari).
Ushbu davrda klassik shifrlar
asosan bir alfavitli o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlariga
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.
2.
O’rta davr (o’rta davr klassik shifrlari).
Ushbu davrda shifrlar asosan ko’p
alifboli o’rniga qo’yishga asoslangan bo’lib, ularga Vijiner, Atbash
usullarini misol keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlar birinchi davr
shifrlariga qaraganda bardoshligi yuqori bo’lgan.
3.
1 va 2 – jaxon urishlari davri (1 va 2- jaxon urishlari davridagi klassik
shifrlar).
Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan
bo’lib, radioto’lqin orqali shifrmatnni uzatishni (Morze alifbosi) amalga
oshirgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrammi,
Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin.
4.
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar).
Ushbu davr shifrlari hisoblash
qurilmalariga mo’ljallangan bo’lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega
hisoblanadi. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, GOST 28147-
89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli)
larni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: