О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Ish joyining xavfsizligi: Kritik aktivlar va olib yuriluvchi qurilmalar. 
Tashkilot har doim o’zining server va zaxira nusxalash vositalari bilan bir qatorda, 
boshqa kritik aktivlar, ishchi stansiyalar, routerlar va svitchlar, printerlar, boshqa 
tarmoq qurilmalari, olib yuriluvchi vositalar va boshqalarning xavfsizligiga e’tibor 


114 
berishi lozim. Bundan tashqari, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va 
ularning xavfsizligiga ham tashkilotga kiruvchi va chiquvchi barcha ma’lumotlar 
aynan ushbu axborot tarmog’i orqali harakatlangani sababli jiddiy e’tibor berishi 
lozim. 
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar. 
Hozirgi kunda har bir 
tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda. Ularga leptoplar, 
planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo’lib, ular osonlik bilan o’g’irlanishi, 
yo’qolishi va ularga zarar yetkazilishi mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini 
ta’minlashda turli mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda 
saqlash choralarini ko’rish talab etiladi (43-rasm). 
43-rasm. Noutbuklarni stolga qulflash vositasi 
Muhitni nazoratlash: isitish, ventilyasiya va havoni sovitish tizimlari (Heating, 
ventilating and air-conditioning system, HVAC). 
Mazkur tizimlar xona yoki bino 
ichidagi muhitni nazoratlash uchun ishlatiladi va tashkilotdagi qurilmalar ishlashi 
uchun zurur bo’lgan muhitni yaratishga xizmat qiladi. Ba’zi HVAC tizimlarida 
muzlatish tizimini ham mavjud bo’lib, ular HVAC&R (Refrigeration) tizimlari deb 
ataladi. Ular nafaqat qurilmalar ishlovchi mos sharoitni yaratish uchun balki 
xodimlar ishlashi va tashkilot faoliyati uchun zarur bo’lgan muhitni yaratish uchun 
ham qo’lliniladi.
Muhitni nazoratlash: elektromagnit shovqinlarni ekranlash. 
Tashkilotda 
elektron qurilmalardan hosil bo’lgan elektromagnit shovqinlar atrofdagi boshqa 
qurilmalar ishiga ta’sir etishi mumkin. Elektromagnit shovqinlarni ekranlashda 
elektron vositalar metal bilan qoplanadi va tarqaluvchi elektr to’lqinini boshqa 
vositalarga ta’siri keskin kamayadi. Bundan tashqari, qurilmalarni maxsus 


115 
materiallar bilan to’sish orqali boshqa qurilmalardan ajratish mumkin. 
Tashkilotlarda elektron qurilmalar ko’p bo’lgan hollarda (masalan, 
telekommunikasiya yoki shifoxonalarda) ularni ekranlash zaruriyati yanada ortadi. 
Fizik xavfsizlik: ogohlik / o’qitish. 
Yaxshi o’qitilgan va malakaga ega bo’lgan 
xodim tashkilot fizik xavfsizligiga bo’lgan risklarni minimallashtirishi mumkin. 
Yuqori fizik xavfsizlikni ta’minlashda tashkilot o’z xodimlari uchun ogohlik 
mashg’ulotlarini tashkil etishi lozim. Ogohlantirish yoki o’qitish dasturlari 
quyidagilarni nazarda tutishi shart: 
-
hujumlarni kamaytiruvchi usullarni ta’minlashni; 
-
maxfiy axborotni olib yurishdagi risklarni
-
xavfsizlik xodimlarining muhimligini; 
-
barcha qurilma va ma’lumotlarga bo’lishi mumkin bo’lgan hujumlar 
ehtimolini baholashni. 
Tashkilotlar fizik xavfsizlik bo’yicha ogohlik/ o’qitish kurslarini tashkil 
etishda turli usullardan foydalanishlari mumkin: 
-
sinf mashg’ulotlari – 
ma’ruzaga asoslangan interaktiv sinf mashg’ulotlarini 
afzalligi: 
o
barcha noravshan va noaniq masalalar shu joyning o’zida aniqlanadi; 
o
vebga asoslangan yoki uchrashuvga asoslangan o’qitish sessiyalarini 
amalga oshiradi; 
o
rol o’ynash yoki simulyasiya o’yinlari orqali yanada interaktiv bo’lishi 
mumkin. 
-
Aylana stol mashg’ulotlari - 
mazkur kurslar odatda oylik yoki xaftalik bo’lib, 
fizik xavfsizlik zarur bo’lganda tashkilot xodimlarini o’qitish uchun amalga 
oshiriladi. 
-
Xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi veb sayt – 
xavfsizlik haqida xabardor 
qiluvchi veb saytni yaratish orqali xodimlar o’zlariga biriktirilgan vazifalarni 
chuqurroq o’rganadilar. Bunda turli rasm, video va misollar asosida mavjud 
holat tushuntiriladi. 


116 
-
Master klass darslari – 
parolni almashtirish yoki parolni bilmasdan uni olib 
tashlash uchun master klass darslarida amalga oshiriladi. 
Xulosa o’rnida fizik xavfsizlikni amalga oshirilganini quyidagilar orqali 
baholanadi: 
1.
Ruxsatsiz foydalanishlarni oldini olish uchun mos foydalanishlarni 
nazoratlash usullarini o’rnatilganligi. 
2.
Muhim hududlar to’g’ri yoritish tizimi asosida kuzatilayotgani. 
3.
Turli tahdidlar, yong’in, tutun, elektr, suv va boshqalarni aniqlovchi va 
ogohlantiruvchi tizimlar o’rnatilgani va ularni to’g’ri ishlayotgani. 
4.
Eshiklarni qulflash tizimini to’g’ri o’rnatilgani va ularni to’g’ri ishlayotgani. 
5.
Tashkilot binosi va hududi yetarli sondagi qo’riqchilar tomonidan 
qo’riqlanayotgani. 
6.
Xavfsizlik xodimlarini o’quv mashg’ulotlariga to’g’ri yuborilgani. 
7.
Xavfsizlik xodimlarini ishonchli agentliklardan olingani. 
8.
Tashkilotdagi kuzatuv kameralari to’g’ri o’rnatilgani va uzluksiz ishlayotgani. 
9.
Fizik xavfsizlik insidentlarini aniqlash va qayd qilish uchun to’g’ri muolajalar 
amalga oshirilgani. 
10.
Favqulotda vaziyatlarda xodimlar bilan aloqa o’rnatishga oid axborotni 
mavjudligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin