109
39-rasm. X-Ray metal detektorlar [2]
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon
chegarani buzib o’tuvchini tutuvchi
fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli
hududni xavfsiz
hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik qulflashga asoslangan kichik hudud
bo’lib, ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni
autentifikasiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga
oshirilishi mumkin (40-rasm).
40-rasm. Qopqon
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi
signallar.
Xavfsizlik yorliqlari xavfsizlik darajasi turlicha bo’lgan axborotdan
foydalanishga ruxsatlarni cheklash uchun juda qulay hisoblanadi. Buning
uchun
110
tashkilotdagi ma’lumotlar dastlab xavfsizlik yorliqlari bilan ta’minlanadi. Odatda
quyidagi turdagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:
-
ochiq ma’lumotlar (unclassified);
-
chegaralangan ma’lumotlar (restricted);
-
konfidensial ma’lumotlar (confidential);
-
maxfiy ma’lumotlar (secret);
-
o’ta maxfiy ma’lumotlar (top secret).
Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig’iga qarab, ruxsat bor yoki
yo’qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo’lsa undan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ogohlantiruvchi signallar odatda tashkilotda ko’p sonli xodimlarni ruxsatsiz
harakatlarni cheklash uchun foydalaniladi. Odatda ogohlantiruvchi signallar sifatida
“TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh”
(WARNING), “XAVFLI” (DANGER) iboralardan foydalaniladi (41-rasm).
41-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari
tashkilotning
aktivlarini bosqinchilardan va o’g’rilardan himoyalab, fizik xavfsizligini
ta’minlashda muhim komponent hisoblanadi. Video
kuzatuv moslamalari odatda
tashkilotning kirish eshiklarida, zallarda va ishchi hududlarida o’rnatilib, tashkilotda
kirish va chiqish harakatlarni kuzatishga yordam beradi. Hozirgi kundagi video
kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qayd etishga balki, noma’qul
harakatlarni
aniqlash imkonini beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirayotgan yoki olib
chiqayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo’layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish
signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda, quyidagi
kameralardan amalda foydalanib kelinmoqda (42-rasm).
111
a) Dome CCTV
b) Bullet CCTV
C) C-mount
CCTV
d) Day/
night
CCTV
42-rasm. Kuzatuv kameralari
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari.
Har bir
tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan
fizik
xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun
fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo’lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik
xavfsizligining siyosati tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai nazaridan o’zida
quyidagilarni mujassamlashtiradi:
-
xodimlarning huquq va vazifalari;
-
foydalanishlarni boshqarishning nazorati;
-
qaydlash va auditlash.
Fizik xavfsizlik muolajasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-
qulflash
tizimini boshqarish;
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
-
konfidensial materiallarni yo’q qilish;
-
qog’oz ko’rinishidagi axborot uchun
Dostları ilə paylaş: