О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

3.3.1. Fizik xavfsizlikni nazoratlash 
 
Biror fizik xavfsizlikni mos xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. 
Fizik xavfsizlik nazorati bardoshli fizik xavfsizlik muhitini yaratishi uchun turli 
darajalarda amalga oshirilishini talab etadi. Fizik xavfsizlik nazoratini qaysi 
darajada amalga oshirilishiga qarab, ular quyidagicha tasniflanishi mumkin: 
-
ma’muriy 
nazorat 
xavfsizlikni 
nazoratlashda 
inson 
omilini 
mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy nazoratni 
qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir foydalanuvchi 
boshqarishi mumkin bo’lgan resurslarga asoslanib, boshqaruv cheklanishlarini, 
amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi 
uchun mos himoya darajasini o’z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun 
shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi. 
-
fizik nazorat 
tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan 
shug’ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni ruxsatsiz 
boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat qurilmaning yo’qolishi 


103 
yoki o’g’irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki yo’q qilinishi, yong’in yoki tabiiy 
ofatlar kabi tahdidlardan himoyalashga xizmat qiladi. 
-
texnik nazorat 
mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan yoki 
binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalardan foydalanib, odatda 
taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, 
dasturlari, amallari va ilovalardan foydalanadi. 
-
fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura. 
Tashkilotlar o’zlari 
uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning joylashuvi, qo’shni binolar, 
elektr va suv manbalari, kanalizasiya tizimi, kichik va katta yo’llarga yaqinligi, 
transport masalasi, tez yordam ko’rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, 
mazkur hududdagi jinoyatchilik ko’rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining 
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha 
omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, tarnadolar, yer 
silkinishi, dovul, yong’inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli bo’lishi tavsiya etiladi. 
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo’lib, ichki tuzilma 
va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida tashkilot tomondan binodagi 
barcha aktivlarning ro’yxati tayyor bo’lishi lozim.
Tashkilot infratuzilma va arxitekturasini loyihalashda quyidagi jihatlarga 
e’tibor berishi lozim: 
-
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, mashinalar 
to’xtab turish joylari, o’tish yo’laklari va qabul qilish hududlarini 
aniqlashtirilganligiga; 
-
joylashgan hududga yaqin qo’shni binolarning ichki va tashqi 
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun binolarning 
egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga; 
-
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko’rinishi orqali 
zarar yetishi mumkin bo’lgan tahdidlarga; 
-
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni 
sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta’sirini 
o’rganilganligiga; 


104 
-
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot faoliyatini 
samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan muhim infratuzilmani 
aniqlashtirishga. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong’inga qarshi tizimlar. 
Yong’inga qarshi 
tizimlar o’zida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin