112
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari.
Yoritish tizimlari tashkilot
binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining
atrofida yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining
samaradorligiga
salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki
kuzatuv kamerasi o’rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob
bermasa, u holda ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati
kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko’ra quyidagilarga
bo’linadi:
-
doimiy yoritish tizimlari
– tashkilot binosi atrofida o’rnatilgan yoritish
vositalari;
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari –
biror bir ogohlantiruvchi signal ta’sirida
avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish vositalari;
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari –
qo’lda boshqariluvchi yoritish
vositalari
bo’lib, qorong’uda zaruriyat bo’lganda yoritish uchun foydalaniladi;
-
favqulotda yoritish tizimlari –
elektr quvvati yoki elektr energiyasi
manbalari
ishdan chiqqanda tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun
foydalaniladi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: quvvat manbalari.
Quvvat manbalari
nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga balki, fizik xavfsizlikni
ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. Quvvatning
yetarli darajada
bo’lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin.
Tashkilotlarda quvvat manbaini uzulishi natijasida yuzaga keladigan zararni
kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko’rish zarur:
-
quvvat tebranishlariga tayyor turish;
-
quvvat uzilishi kuzatilganda uzluksiz quvvat manbalaridan (UPS –
Unintrruptible power supply) foydalanish;
-
vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o’rnatish;
-
ish joylarida statik elektrga noma’qul ta’sirdan himoyalash tizimlarini
o’rnatish;
-
elektr quvvatidan ishlaydigan vositalardan to’g’ri foydalanish.
113
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona.
Tashkilotning qabulxonasi har doim
mehmon va tashkilotlar o’rtasida o’zaro aloqa o’rnitishda muhim soha hisoblanadi.
Qabulxona mehmonlar uchun qulay foydalanishni ta’minlagani bois, fizik
xavfsizlik
nuqtai nazardan zaif bo’lishi mumkin. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va boshqalar bo’lishadi. Shu sababli,
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishi va qayd etishi
lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining xavfsizligi.
Har bir tashkilot o’z serverini va zaxira nusxalash vositalarining fizik xavfsizligini
ta’minlashga e’tibor berishi lozim. Ushbu vositalarga nisbatan
fizik ruxsatlarni
cheklangan bo’lishi va undan faqat, ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishi mumkin
bo’ladi. Server va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash
uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-
server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. Bu chora
ushbu qurilmalarni noma’lum va shaxslar yoki xodimlar tomonidan ruxsatsiz
boshqarilishini
cheklaydi;
-
server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki muhitga kuzatuv
kameralarini va smart karta yoki biometrik parametrlarga asoslangan
autentifikasiyani joriy etish;
-
serverlarni o’g’irlinishidan va zararlanishidan himoyalash uchun maxsus
tagliklarga o’rnatish;
-
turli quvvat o’zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira UPS
vositasiga ulash;
-
qurilmalarni qulflanuvchi xona yoki
kabinetlarda saqlash;
-
xodimlar tomonidan ixtiyoriy zaxira nusxalash va server vositalarini olib
chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: