15
Nazorat savollari
1.
Axborot xavfsizligining xayotiy timsollari
va ularning vazifalari
nimalardan iborat?
2.
Kiberxavfsizlik tushunchasiga izoh bering?
3.
Kiberxavfsizlik fan sifatida qanday tuzilishga ega?
4.
Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalarini aytib bering?
5.
Axborotni konfidensialligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
6.
Axborotni yaxlitligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
7.
Axborot uchun foydalanuvchanlikning muhimligi?
8.
Risk nima va uning kiberxavfsizlikdagi o’rni?
9.
Hujumchi kabi fikrlash nima uchun zarur?
10.
Tizimli fikrlash nima va u nima uchun zarur?
11.
Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash tushunchalarini bir-
biridan farqi?
12.
Aktiv nima?
13.
Tahdid va zaiflik tushunchalariga izoh bering.
14.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalarining bir-biridan
farqi nimada?
15.
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari va ularning
asosiy xususiyatlari
nimalardan iborat?
16.
Kiberxavfsizlikda inson omilini misollar yordamida tushuntiring.
16
2 BOB. AXBOROTNING KRIPTOGRAFIK HIMOYASI
2.1. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
Kriptografiya
– axborotni aslidan o’zgartirilgan
holatga akslantirish
uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug’ullanadi. Dastlabki kriptografik
uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi.
Axborotni himoyalash masalalari bilan
kriptologiya
(
kryptos
- mahfiy,
logos
-
ilm) fani shug’ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o’zaro qarama-qarshi bo’lgan ikki
yo’nalishga ega [17]: –
kriptografiya
va
kriptoanaliz
.
“Kripto”ning asosiy tushunchalari quyidagilarni o’z ichiga oladi [13]:
−
Kriptologiya
- “maxfiy kodlar”ni yaratish va buzish fani va san’ati;
−
Kriptografiya
– “maxfiy kodlar”ni yaratish bilan shug’ullanadi.
−
Kriptotahlil
– “maxfiy kodlar”ni buzish bilan shug’ullanadi;
−
Kripto
– yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig’iga) sinonim
bo’lib, kontekst ma’nosiga ko’ra farqlanadi.
Shifr
yoki
kriptotizim
ma’lumotni
shifrlash
uchun ishlatiladi. Haqiqiy,
shifrlanmagan ma’lumot
ochiq matn
deb, shifrlash
natijasi esa
shifrmatn
deb ataladi.
Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni
deshifrlash
zarur bo’ladi.
Kalitdan
kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi.
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko’rinishi 5 – rasmda keltirilgan [13].
Shifrmatn
Deshifrlash
Kalit
Kalit
Ochiq matn
Ochiq matn
Shifrmatn
5-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko’rinishi
Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo’lgan, ma’lum bir
alfavitda
tuzilgan ma’lumotlar
matnlarni
tashkil etadi.
Alfavit -
axborotni ifodalash uchun
foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to’plami. Misollar sifatida:
−
o’ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o’zbek
tili alfaviti;
−
o’ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili
alfaviti;
17
−
yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
−
ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti;
−
binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;
−
sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni
keltirish mumkin.
Simmetrik
shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan
foydalaniladi. Bundan tashqari
ochiq kalitli
(
assimetrik
) kriptotizimlar mavjud
bo’lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun turli kalitlardan foydalaniladi. Turli
kalitlardan foydalanilganligi bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni
uchun ochiq kalitli kriptotizim deb ataladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda shifrlash
kaliti
ochiq kalit
deb atalsa, deshifrlash kaliti
shaxsiy kalit
deb ataladi. Simmetrik
kalitli kriptotizimlarda esa kalit -
simmetrik kalit
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: