1 BOB. KIBERXAVFSIZLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI 1.1. Konfidentsiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik tushunchalari Axborotni ishlash, uzatish va to’plashning zamonaviy usullarining
rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo’qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan
bog’liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va
tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining
yetakchi yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
1.1.1. Axborot xavfsizligining hayotiy timsollari Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda faqat
qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1-rasmda
Alisa va
Bob timsolida akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning
faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchi bo’lgan insonlar ham
mavjud va ular 1-rasmda
Tridi timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g’arazli
niyatlarni amalga oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi [5].
Bob Alisa Tridi Tizim 1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari O’quv qo’llanmaning keyingi bo’limlarini yoritishda quyidagi hayotiy
ssenariyni ko’raylik. Ushbu hayotiy ssenariy
Alisaning onlayn banki (AOB) deb
ataladi. Bunga ko’ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi.
7
Mazkur ssenariyda Alisaning xavfsizlik muammosi nima? Alisaning mijozi bo’lgan
Bobning xavfsizlik muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir
xilmi? Tridi nuqtai nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud?
Ushbu savollarga keyingi qismlarda javob berib o’tiladi.
1.1.2. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot
xavfsizligiga tegishli bo’lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik.
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo’lib, unga
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan [1]:
kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan sharoitda amallarni to’g’ri bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo’lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o’z ichiga oladi. Tarmoqlar
sohasida
faoliyat
yuritayotgan
Cisco tashkiloti
esa
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan [2]:
Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg’unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar
ishlab chiqarilgandan boshlab paydo bo’la boshlagan. Bunda mazkur qurilmalarni
va ularning vazifalari himoyasi uchun ko’p qatlamli xavfsizlik choralari amalga
oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va
texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo’lishiga olib keldi.
8
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har bir
mutaxassisdan kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega bo’lishi talab etiladi.
Demak, kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin
(2-rasm).