О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Xizmatdan vos kechishga undan hujumi: DOS hujumi. 
DOS qonuniy 
foydalanuvchini tizim yoki tarmoqdan foydalanishini cheklash hujumi bo’lib, uning 
asosiy nishoni tarmoq yuklanishi va ulanishi bo’ladi. Tarmoqni yuklanishiga 
qaratilgan hujumda mavjud tarmoq resurslaridan foydalangan holda tarmoq 
yuklanishini ko’paytirish va qonuniy foydalanuvchini ushbu resurslardan 
foydalanishi cheklashga harakat qiladi. Ulanishga qaratilgan hujumda esa tarmoqqa 
ko’p sonli ulanish so’rovlari yuboriladi va barcha operasion tizim resurslari ushbu 
so’rovlarga javob berishga sarflanishi natijasida, hisoblash qurilmasi qonuniy 
foydalanuvchi so’roviga javob bera olmaydi.
Faraz qilaylik tashkilot telefon orqali qabul qilingan buyurtma asosida pisa 
etkazib beradi. Bu holda butun bir faoliyat telefon orqali beriladigan buyurtmalarga 
bog’liq. Faraz qilaylik, biror shaxs ushbu tashkilotning kunlik biznesini buzmoqchi. 
Agar ushbu shaxs telefon tarmog’ini band qilishning imkonidan chiqsa, u holda 
kompaniya bu vaqtda mijozlardan buyurtma qabul qila olmaydi.
DOS hujumi ham kompaniyani pisani yetkazib berishi hodisasiga o’xshaydi. 
Bunda hujumchining asosiy maqsadi nishondan axborotni o’g’irlash emas, balki, 
mavjud xizmatdan foydalanishni yo’qotishga harakat qiladi. Ushbu jarayonda, 
hujumchi ko’plab kompyuterlarni (zombilar deb ataladi) boshqaruviga oladi va 


153 
virtual holda ularni boshqaradi. Hujum o’zida zombi kompyuterlar imkoniyatini 
birlashtirib, nishondagi kompyuterga bir vaqtda so’rovlar yuboradi va oqibat uni 
osilib qo’yishiga olib keladi. 
Taqsimlangan DOS hujumlar: (Distributed DOS, DDOS). 
DDOS keng 
qamrovli nishondagi tizim va tarmoq resurlarida xizmatdan foydalanishni buzishga 
qaratilgan hujum bo’lib, Internetdagi ko’plab zombi kompyuterlar orqali bilvosita 
amalga oshiriladi. Bunda, hujum ostidagi xizmatlar asosiy nishon deb qaralib, 
tizimlarni obro’sizlantirish (zombi holatiga olib kelish) ikkilamchi nishon deb 
qaraladi. DDOS hujumni amalga oshirishdagi ikkilamchi nishon hujumchini 
murakkablik va hujumni aniqlay olmaslik imkoni bilan ta’minlaydi.
WWW Security FAQ da: “DDOS hujumi bir yoki ko’plab nishonlar uchun 
kelishilgan DOS hujumni ko’plab kompyuterlar orqali amalga oshiradi. Mijoz-
server texnologiyasidan foydalangan holda, jinoyatchi hujum platformasi sifatida 
xizmat qiluvchi ko’plab kompyuterlar orqali DOS hujumini samaradorligini oshiradi” 
kabi aniqlik kiritilgan. 
Agar o’z vaqtida DDOS hujumiga sabab bo’luvchi holatlar tekshirilmasa, 
qisqa vaqtda Internet xizmatlaridan foydalanish darajasi yo’q qilinishi mumkin. 
Zararli hujumlar. 
Zararli dasturiy vositalar foydalanuvchini ruxsatisiz 
hujumchi kabi g’arazli amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular 
yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki boshqa ko’rinishda bo’lishi 
mumkin. Hujumchi zararli dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim 
xafsizligini obro’sizlantirishi, kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni 
to’plashi, veb saytdagi kontentlarni modifikasiyalashi, o’chirishi yoki qo’shishi, 
foydalanuvchi kompyuteri boshqaruvini qo’lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, 
zararli dasturlar, hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta 
hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanilishi mumkin. Zararli 
dasturlarning hozirda quyidagi ko’rinishlari keng tarqalgan: 
-
viruslar: 
o’zini o’zi ko’paytiradigan programma bo’lib, o’zini boshqa 
programma ichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat 
ichiga biriktiradi;
 


154 
-
troyan otlari: 
bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko’rinuvchi dasturiy 
vosita sifatida o’zini ko’rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat 
bo’ladi;
 
-
Adware:
marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun 
foydalanuvchini ko’rish rejimini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
 
-
Spyware: 
foydalanuvchi ma’lumotlarini qo’lga kirituvchi va uni 
hujumchiga yuboruvchi dasturiy kod;
 
-
Rootkits: 
ushbu zararli dasturiy vosita operasion tizim tomonidan 
aniqlanmasligi uchun o’z harakatlarini yashiradi;
 
-
Backdoors: 
zararli dasturiy kodlar bo’lib, hujumchiga autentifikasiyani 
amalga oshirmasdan aylanib o’tib tizimga kirish imkonini beradi, 
masalan, administrator parolisiz imtiyozga ega bo’lish;
 
-
mantiqiy bombalar: 
zararli dasturiy vosita bo’lib, biror mantiqiy shart 
qanoatlantirilgan vaqtda o’z harakatini amalga oshiradi.
 
-
Botnet: 
Internet tarmog’idagi obro’sizlantirilgan kompyuterlar bo’lib, 
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan 
foydalaniladi;
 
-
Ransomware: 
mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida 
mavjud qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki qulflab qo’yib, to’lov amalga 
oshirilishini talab qiladi. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin