5.2.3. RAID texnologiyasi
Ko’plab tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasiga asosan
zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida ma’lumotlar bir
qancha disklarning turli sohalarida saqlagani bois, IO (kirish/ chiqish) amallarini
bajarishni osonlashtiradi. RAID texnologiyasi ko’plab qattiq disklarni bitta mantiqiy
disk sifatida o’rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo’ylab bir
xil ma’lumotni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyati beradi. Ushbu
texnologiya odatda serverlarda ma’lumotni saqlashga mo’ljallangan. Shaxsiy
kompyuterlar serverlarga qaraganda ixcham bo’lgani bois ularda ushbu
texnologiyadan foydalanish zaruriyati mavjud emas.
RAID texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath mavjud:
RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50. RAIDning har bir sathi
quyidagi xususiyatlarga ega:
-
Xatoga bardoshlilik:
bu xususiyat agar disk ishlashdan to’xtasa, boshqa
disklar normal ishlashini davom ettiradi.
-
Unumdorlik:
RAID ko’plab disklar bo’ylab o’qish va yozishda yuqori
unumdorlik darajasini qayd qiladi.
-
Kompetensiya:
bu saqlanayotgan ma’lumot hajmi orqali aniqlanadi. Disklarni
ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga asoslanadi.
Saqlash hajmi individual RAID disklar o’lchamini bir xil bo’lishini talab
etmaydi.
Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi:
-
Chizish:
ma’lumotlar chizish ma’lumotni ko’plab bloklarga bo’ladi. Mazkur
bloklar keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Chizish ma’lumotni
saqlashni yaxshilaydi.
178
-
Akslantirish:
ma’lumotlarni akslantirish ma’lumotlarni nusxalashni va RAID
bo’ylab ushbu ma’lumotni uzluksiz saqlashni amalga oshiradi. Ushbu ta’sir
xatoga bardoshli va yuqori amalga oshirish darajasiga ega hisoblanadi.
-
Nazorat qiymati:
nazorat qiymati ma’lumotlar bloki butunligini tekshirish
funksiyasini amalga oshirishda chizish funksiyasidan foydalanadi. Diskni
buzulishi vaqtida, nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida
ushbu funksiyani qaytadan hisoblaydi.
RAID texnologiyasining afzalligi va kamchiligi.
RAID texnologiyasi taqdim
etilishidan oldin, tashkilotlarda ma’lumotlar yagona qattiq diskda saqlangan. RAID
texnologiyasi amalga oshirilgan sathiga bog’liq holda o’ziga xos afzallik va
kamchiliklarga ega.
RAID tizimlarining afzalligi:
Unumdorlik va ishonchlilik:
RAID texnologiyasi disklarda ma’lumotni o’qish
va yozish unudorligini oshiradi. Ushbu texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali
unumdorlikni yaxshilaydi va shuning uchun jarayonlar tezligi yagona diskda
ma’lumotni saqlashga qaraganda yuqori. RAID kontroller RAID tizimida yagona
diskda ortiqcha yuklanishni hosil qilmaslik uchun bir qancha disklar bo’ylab
ma’lumotni taqsimlashni amalga oshiradi. Hattoki, disk buzulishga uchrasa ham
ma’lumotni ishonchligini RAID tizimi saqlab qoladi va tizimni o’chirmasdan
buzilgan komponentlarni almashtirish imkoniyati tug’iladi. Ushbu xususiyat
“Qaynoq almashtirish” (Hot-Swapping) deb ataladi. Almashtirish jarayoni qolgan
disklar vazifasiga va tarmoqqa ta’sir qilmaydi.
Xatolikni nazoratlash:
xatolikni nazoratlash jarayonida buzilgan tizimda
saqlangan ma’lumotni qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash amalga
oshiriladi. Ushbu tekshirish jarayoni barcha disklarda amalga oshiriladi. Xatolikni
nazoratlash dastlabki ma’lumotni akslantirishdan so’ng amalga oshiriladi. Xatolikni
nazoratlashni davomiy amalga oshirilishi tizimni buzilishi ehtimolini aniqlash va
ma’lumotni yo’qolishidan himoyalash imkoniyatini beradi.
Ma’lumot ortiqchaligi (ma’lumotni nusxalash):
diskning buzilishi istalgan
vaqtda yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun ma’lumotni nusxalash tashkilot
179
uchun muhim hisoblanadi. RAID tizimi qurilma buzilishi mumkin bo’lgan holda
ishonchli ma’lumot ortiqchaligini ta’minlaydi.
Disklarni navbatlanishi:
disklarni navbatlash ma’lumotni o’qish/ yozish
unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo’laklarga bo’linib, bir qancha disklar
bo’ylab tarqatiladi. RAID ni amalga oshirilish sathiga bog’liq bo’lgan holda
ma’lumotlar baytlarga, bitlarga yoki bloklarga bo’linadi. RAID tizimida ma’lumotni
o’qish va yozish bir vaqtda bajariladi.
Tizimni ishlash davomiyligi:
ushbu o’lchov kompyuterning ishonchligini va
turg’unligini aniqlaydi. Tizimni ishlash davomiyligi tizimni biror yordamsiz
avtomatik ishlash vaqtini aniqlaydi. Tashkilotda yuqori tizimni ishlash davomiyligi
mahsuldorlikni yuqori bo’lishiga ta’sir qiladi.
RAID tizimlarining kamchiligi:
Tarmoq drayverlarini yozish:
RAID texnologiyasi asosan serverlarda
foydalanish uchun loyihalangani bois, uning asosiy kamchilishi - barcha tarmoq
drayverlarini yozishidir. RAID texnologiyasi murakkab tuzilishga ega va bu jarayon
ko’p vaqt talab etadi.
Mos kelmaslik:
turli tizimlar turlicha RAID drayverlarini qo’llab quvvatlaydi.
Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID tizimi bilan
mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimini o’z vazifasini to’g’ri amalga
oshirilmasligiga olib kelishi mumkin. RAID drayveri, qurilma va dasturiy vositalar
orasidagi moslik tizimni sozlashdan oldin tekshirilishi shart. RAID tizimi tarmoqda
mavjud bo’lgan barcha ilovalar uchun ma’lumotni himoyalashi talab etiladi.
Ma’lumotni yo’qolishi:
RAID drayverlari mexanik muammolar tufayli o’z
funksiyalarini bajarmaydi. Disklar ketma-ket buzilishga uchragan holda potensial
ma’lumotni yo’qolish xavfi ortadi. Ikkita disk bir vaqtda buzilishga uchrasa, diskdan
ma’lumotni tiklash imkoniyati kamayadi.
Qayta qurishning uzoq vaqt olishi:
katta hajmli disklardan foydalanish
ma’lumot uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli disklardan
ma’lumotni tiklash uzoq vaqt talab etadi. Bu holda, buzilgan disklarni qayta
180
to’g’irlash ham uzoq vaqt talab etadi. Bu o’rinda disklar sonini ortishi ham
ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Narxning yuqoriligi:
RAID texnologiyasini amalga oshirish iqtisodiy
jihatdan yuqori narxni talab etadi. Bundan tashqari, tashkilotlar tizim ishini
yaxshilash uchun qo’shimcha RAID kontrollerlari va qurilma drayverlarini sotib
olishi talab etiladi.
RAID 0: diskni navbatlanishi.
Tashkilotdagi talablarga bog’liq holda RAID
sathini tanlash amalga oshirilib, RAID sathlarida unumdorlik, xatolikni nazoratlash
yoki har ikkalasi uchun imkoniyatlar mavjud (67-rasm).
RAID 0 sathi ma’lumotni unumdorligi bilan shug’ullanadi. RAID 0 sathi
kamida ikkita diskni talab qilib, ushbu sathda ma’lumotlar sektorlarga bo’linadi va
ko’plab disklar bo’ylab yoziladi. Bunda, saqlanayotgan ma’lumot hajmi qattiq disk
hajmiga teng bo’lgani bois, RAID 0 sathi xatolikni nazoratlashni ta’minlamaydi. Bir
diskdagi buzilish 0-sathdagi barcha disklarni buzilishiga olib keladi. Mazkur holda
ma’lumotni tiklash imkoniyati minimal darajada bo’ladi. RAID 0 sathining afzalligi
ma’lumotni o’qish va yozish unumdorligi, narx va amalga oshirishning osonligi kabi
afzalliklarga ega bo’lsa, ma’lumotni nusxalash imkoniyatining yo’qligi, ma’lumotni
tuzatish imkoniyati yo’qligi va ishonchsizligi kabi kamchiliklarga ega.
Dostları ilə paylaş: |