Infraqizil kanal xam simlarisiz axborot uzatishni taminlaydi, chunki aloqa uchun infra qizil nurlanish ishlatiladi (televizorlarning masofadan boshqarish qurilmasi kabi). Radio kanalga qaraganda ularning asosiy afzalligi elektromagnit to’siqlarga sezgir emas, bu xususiyati sanoat korxonalarda ishlatish imkonini beradi. Bu xolatda xaqiqatdan uzatish quvvati katta bo’lishi talab qilinadi, sababi boshqa xech qanday issiqlik nurlanish (infraqizil) manbalari tasir qilmasligi uchun. Infraqizil aloqa xavoda chang miqdori ko’p bo’lgan sharoitda xam yomon ishlaydi.
Infraqizil kanal bo’ylab axborot uzatishning chegara qiymati 5–10 Mbit/s dan oshmaydi. Axborotni sir tutish imkoniyati xam radiokanal xolatidek, yo’q. Radiokanal kabi uzatish va qabul qilish qurilmalari nisbatan qimmat. Bu sanab o’tilgan kamchiliklar tufayli infraqizil kanalidan kam foydalanadilar. Infraqizil kanal ikki guruxga bo’linadi:
ko’rish masofasidagi kanallar, bularda aloqa nur orqali amalga oshiriladi. Nur uzatish qurilmasidan to’g’ri qabul qilish qurilmasiga yo’naltiriladi. Bu xolda aloqa tarmoq kompyuterlari o’rtasida to’siq bo’lmagan xoldagina amalga oshadi. Ko’rish masofasidagi kanalning axborot uzatish masofasi bir necha kilometrga etadi;
tarqalgan nurlanishdagi kanallar, bu turdagi kanal pol, shift, devor va boshqa to’siqdan qaytgan signallarda ishlaydi. To’siqlar bu xolda qo’rqinchli emas, lekin aloqa faqat bir bino chegarasida amalga oshadi.
Optik tola va kabellar, hujjat turlari, tavsiv va parametrlari | Kuchli tomoni | Bu, uning yoritish kuchi, yoritish masofasi, va boshqa imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Optik tolar sifatida turli sohalarda foydalaniladi, masalan, fotograf, teleskop, mikroskop va boshqa sohalarda. Ular har bir soha uchun eng yaxshi natijalarni olishgan bo'lsa, uni tanlash juda muhim. | |
Dostları ilə paylaş: |