O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
“Телекоммуникация технологиялари ва касбий таълим”
FAKULTETI
“Ижтимоий гуманитар фанлар”
KAFEDRASI
“DASTURLASH”
FANIDAN
FARG’ONA – 2020
MAVZU: Massivlar va matritsalar ustida amallar bajarish
(C++ Builder dasturida)
MUNDARIJA
K I R I SH
1. C++ dasturlash tilining imkoniyatlari va unda ishlash asoslari
2. C++ dasturlash tilining yangi imkоniyatlаri
3. Kоmpоnеntlаr (tаrkibiy qismlаr)
4. Kоmpоnеntli sinflаrni e‟lоn qilish
5. O„zgаruvchаn e‟lоnlаr
6. C++Builder dasturining аsоslаri
7. Vizuаl lоyihаlаsh
8. C++ Builder dasturida massivlar bilan ishlash
9. Ushbu Y AB vektorni hisoblash dasturi
10. C++ Builder muhitining konsul rejimida massivlar bilan ishlash
11. Xulosa
12. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
K I R I SH
Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o‟rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e‟tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarisiz tasavvur etib bo‟lmaydi.
Kompyuter – murakkab elektron qurulma, mufassal o‟rganish uchun ancha vaqt zarur bo‟ladi. Biroq, kompyuterdan foydalanuvchilar – dasturchilar uchun uning ishi haqida eng umumiy ma‟lumotlarga ega bo‟lish yetarlidir. Dasturchini, asosan, mashina dastur buyruqlarini qanday qilib amalga oshirishi, bunda u qanday amallarni bajarishi qiziqtiradi. Kompyuter dasturni bajara borib, turli ma‟lumotlar (sonlar, mantiqiy qiymatlar, matnlar va h.k) ustida amallar bajaradi. Ishlash usuliga ko‟ra, translyatorlar kompilyatorlarga va interpretatorlarga bo‟linadi. Kompilyatorning interpretatorlardan farqi shuki, kompilyator foydalanuvchi yozgan dasturni EHM uchun tushunarli ko‟rinishga o‟tkazadi (u ichki ko‟rinish deyiladi), so‟ngra bu ko‟rinishdagi dastur bajariladi. Interpretator esa har bir ko‟rsatmani ichki ko‟rinishga o‟tkazib bajaradi.
Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini bilish ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan til – bu dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko‟rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo‟ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo‟lgan ko‟rsatmalarning izchil tartibidan iboratdir. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.
Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko‟payib ketmoqda. Lekin, shuni aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o‟zining darajasi va qo‟llash sohasiga ega. Ba‟zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishda ishlatiladi. Bunday tillar universal tillar deb ham ataladi.
C++ Builder tili ham universal til hisoblanadi. U dasturlashning asosiy
tushunchalari va konstruksiyalarini o‟z ichiga olishi bilan birga boshqa universal dasturlash tillariga qaraganda ancha mukammal.
C++ Builder tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‟ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda dasturlash muhitining tahririda) dastur matni teriladi, bu faylning kengaytmasi “.srr” bo‟ladi, Keyingi bosqichda dastur matn yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar bo‟lmasa, kompilyator “.obj” kengaytmali ob‟ekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‟uvchi) yordamida “.exe” kengaytmali bajariluvchi fayl - dastur hosil bo‟ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‟ich matn fayl nomi bilan bir xil bo‟ladi.
Kompilyatsiya jarayonining o‟zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshda preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‟yicha ko‟rsatilgan kutubxonalardan C++ Builder tilida yozilgan modullarni dastur tarkibiga kiritadi. Shundan so‟ng kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‟zi ham dastur bo‟lib, uning uchun kiruvchi ma‟lumot bo‟lib C++ Builder tilida yozilgan dastur matni hisoblanadi. Kompilyator dastur matnini leksem (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaksik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matni leksamalarga ajratish uchun “probel ajratuvchisini” ishlatadi. Probel ajratuvchisiga – probel belgisi („└┘„), „\t‟ – tabulyatsiya belgisi, „\n‟– keyingi qatorga o‟tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va kommentariylar (izohlar) kiradi.
C++ Builder tilida izohlar ikki ko‟rinishda yozilishi mumkin.
Birinchisi /* dan boshlanib va */ belgi bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi hisoblanadi, ikkinchisi // belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‟lib “satriy izoh” deb nomlanadi. Birinchi ko‟rinishda yozilgan kommentariylar bir necha satrga yozilishi mumkin va undan keyin C++ Builder operatorlari davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |