Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə2/5
tarix15.11.2022
ölçüsü176,5 Kb.
#69338
1   2   3   4   5
Shox SOT MUS

Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:

  • “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek,

biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,




  • tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish,



  • milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,



  • zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,



    • internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga

qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib ,zamonaviy axborot-komunikatsiontexnologiyalari(AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.


Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin