Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari
Kommunikatsion texnologoyilarda marketing xizmatlaridan foydalanish kata ahamiyatga egadir, shu o`rinda O’zbekistonRespublikasi «Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi qonunining 3-moddasiga muvofiq axborotlashtirishga quyidagicha ta`rif berilgan - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan eіtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan іolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalar va aloqa vositalari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga muvofiqbir qator ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda. Axborotlashtririshni jahon standartlariga qaraydigan bo’lsak:” Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston aloqa ma'muriyati XTI faoliyatida faol ishtirok etib, uning standartlarini O‘zbekistonda targ‘ib qilish va keng qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma'muriyati tomonidan XTI TSBBA-12 va XTBBA-12ga bir qator dolzarb takliflar tayyorlanapti.
Xulosa
Zamonaviy axborot texnologiylari-shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot texnologiyalridan foydalanish iqtisodiy axborotning sifati ,uning aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni qayta ishlash,saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron ofis”konsepsiyasini paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati samaradorligi oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq foydalanadilar. O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy-texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi. Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar , kashfiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, o’z korxonasi hamda raqobatchi korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan davlatlar iqtisodiy tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz mahsulotlarni bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |