Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari


Elektron imzo bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi



Yüklə 160,61 Kb.
səhifə2/2
tarix29.12.2021
ölçüsü160,61 Kb.
#48521
1   2
1-MI

Elektron imzo bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi.

Imzoni tasdiqlash texnologiyasi insonni haqiqiyligini aniqlashda imzoning dinamik taxlillaridan foydalanadi. Bu usul inson imzo qo’yayotgandagi bosim, tezlik va burchakka asoslanib ishlaydi. Bu texnologiya insonni aniqlash uchun asosan qo’l imzosidan foydalanadi. Elektronik yozuv stolidan imzo tezligi, yo’nalishi va koordinatalarini aniqlashda foydalaniladi. Imzo dinamikasi bilan bog’liq hech qanday maxfiylik yoki kodlashlar taklif qilingani yo’q. Ammo zamonaviy namunalar undan imzolanayotgan hujjatlar qo’shilayotganda foydalanadilar. Masalan Topaz sistemasida imzolangandan keyin hujjat qalbakilashtirishda imzo ko’zdan g’oyib bo’ladi. Qo’lyozma imzoni tanib olish kompyuterning qog’oz hujjatlar, suratlar, sezuvchan monitorlar va boshqa qurilmalar kabi manbalardan qo’lda yozilgan imzoni qabul qilib uni qayta ishlash qobiliyatidir.

Yozilgan imzo nusxasi avtomatik rejimda qog’ozdan optik skanerlash orqali yoki intellektual ajratib olish orqali qabul qilinishi mumkin. Sezuvchan ruchkaning harakati chiziq sifatida qabul qilinishi mumkin, masalan kompyuter ekrani sirtiga asoslangan ruchkani olishimiz mumkin.



Bioimzo

Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an'anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko'pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e'tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo'llashning yangi sohalarini ochadi.

Onlayn tanish usullari: Bu usul inson imzo qo’yayotgandagi bosim, tezlik va burchakka asoslanib ishlaydi. Elektronik yozuv stolidan imzo tezligi, yo’nalishi va koordinatalarini aniqlashda foydalaniladi.

Offlayn tanish usullar: Qo’lda yozilgan imzoni offlayn aniqlash o’z ichiga rasmdagi yozuvlarni ajratib olishni oladi. Bunda rasm qog’ozdan skaner orqali olinadi. So’ngra tasvir qayta ishlanadi.

Bu dasturlar asosan sezuvchan monitorli kompyuterlar uchun mo’ljallanagn, ammo hozirda bu turdagi kompyuterlar yetishmovchiligi tufayli oddiy kompyuterlarda ham ishlatilishi ko’zda tutilgan. Bu texnologiyalarni avfzal tomonlaridan yana biri yuqoridagi autentifikatsiya vosita (parol, USB-kalit yoki IDkarta) lari kabi ko’tarib yurish shart emas. Hozirgi kunda foydalanilayotgan autentifikatsiya tizimlarini amalda qo’llanilish darajasini keltirish mumkin.

Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.

Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig'im qarshiligini o'lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-o'tkazgichli datchik yordamida sig'im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig'adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o'taydi (2-rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig'im datchiklari barmoq sirti do'ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o'zgarishini o'lchaydi. Natijada do'ngliklar va pastliklargacha bo'lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.

Qo'l panjasining geometrik shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Qo'l panjasi shaklini o'quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo'l panja qalinligi va yuzasini o'lchash orqali qo'l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 90 dan ortiq o'lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qo'l panjasini individual skanerida yoki markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo'l panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o'lchamlarining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat'iy xavfsizlik rejimiga va shiddatli trafikka ega bo'lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsienti ya'ni inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.

3. Yuzning tuzilishi va ovoz bo'yicha autentifikatsiyalovchi tizimlari.

Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompьyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi sub'ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo'lgan ilovalar uchun to'g'ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko'z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda hususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.

Ma'lum bo'lishicha, ko'pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga oladi, so'ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo'lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.

Ta'kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug'ligi jadalligining kun bo'yicha tebranishi natijasidagi yorug'lik o'zgarishiga ta'sirchan bo'ladilar. Yuz holatining o'zgarishi ham aniqlash natijasiga ta'sir etadi. Yuz holatining 450 ga o'zgarishi aniqlashni samarasiz bo'lishiga olib keladi.

4.Ovoz va Ko'z yoyi to'r pardasining shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari.

Ovoz bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari

Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko'pgina shaxsiy kompьyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o'rnatish mumkin. Ovoz bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo'lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so'zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so'zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So'zlovchi shaxsini tasdiqlash ba'zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o'xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog'lanishlarining sifati so'zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo'yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ko'z yoyi to'r pardasining shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimi

Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:

• ko'z yoyi rasmidan foydalanish;

• ko'z to'r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.

Odam ko'z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob'ekt hisoblanadi. Ko'z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob'ektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.

Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma'murlariga parollarni bir martali autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo'ldi. Muammo faqat kompьyuter o'g'irlanishidagi yo'qotishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog'lanish (mobil kompьyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta'minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil kompьyuterda saqlanayotgan to'rtta satxi - ro'yxatga olish, ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.

Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul ko'rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So'ngra kalit egasi o'zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.

5.Xulosa

Ushbu mustaqil ishni bajarish davomida quyidagi natijalarga ega bo’ldim:

1. Autentifikatsiyalash usullarining asosiy turlari ko’rib chiqilib, ularning kamchiliklari tahlil qilindi;

2. Ushbu kamchiliklarni qanday texnologiyalar yordamida bartaraf etish yoritib berildi;

3. Autentifikatsiyalash tizimlari ichida biometrik autentifikatsiyalash usuliga urg’u berilib uning boshqa usullardan avzal tomonlari ko’rsatib berildi;

4. Ushbu biometrik va qat’iy autentifikatsiyalashning usullari va algoritmlari o’rganilindi.

6.Foydalanilgan adabiyotlar

1.G‘aniev S.K., Karimov M.M. “Hisoblash sistemalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi”: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent davlat texnika universiteti, 2003.

2. A. V. Leus. Biometricheskaya autentifikatsiya po dinamicheskim xarakteristikam podpisi. Jain, A. K.; Ross, Arun & Prabhakar, Salil (January 2004), "Шаблон: Doi-inline", IEEE Transactions on Circuits and Systems for Video Technology Т. 14th.

3. "CHARACTERISTICS OF BIOMETRIC SYSTEMS". Cernet.

4. N. K. Ratha, J. H. Connell, and R. M. Bolle, "Enhancing security and privacy in biometrics-based authentication systems, " IBM systems Journal, vol. 40, pp. 614—634, 2001.

Internet resurslardan:



Ziyonet axborot-talim portal. www.ziyonet.uz

www.intuit.ru
Yüklə 160,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin