O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


 Hayot faoliyat xavfsizligi va ekologiya



Yüklə 214,22 Kb.
səhifə17/20
tarix07.01.2024
ölçüsü214,22 Kb.
#210783
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bakalavr bitiruv ishi mavzu

3. Hayot faoliyat xavfsizligi va ekologiya 
3.1 Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va 
izlanishlar tahlili 
Chet ellik ekspertlar O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish uchun yalpi ichki
mahsulotning 10-12 foizi, ya’ni rivojlangan davlatlarga nisbatan 3-4 barobar ko‘p
yo‘naltirilayotganini yuksak baholadi. Ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra noyob
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi berayotgan yuksak samaralarni alohida qayd etdi.
Mamlakatimizda savodxonlik darajasi qariyb 99 foizni tashkil etadi. Bularning
barchasi O‘zbekistonda mazkur sohaga oid rivojlanish maqsadlariga erishilganidan
dalolat ekani ta’kidlandi.
Dunyoda barcha jabhalarda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar shiddatli
texnologik taraqqiyot, aholining ko‘payishi va mehnat bozoridagi ehtiyoj o‘zgarib
borayotgan XXI asr talablariga muvofiq tarzda moslashish uchun ta’limga mutlaqo
yangi yondashuvlarni taqozo etmoqda, – dedi yaponiyalik ta’lim bo‘yicha ekspert
Ushio Miura. – Shu sababli sifatli ta’limdan bahramand bo‘lish, bunday
bahramandlik faqat maktab yoki oliy o‘quv yurti doirasida cheklanib qolmasdan,
butun umr mobaynida davom etishi g‘oyat muhimdir.
3.1 – rasm dunyoda ro`y beradigan talofatlar



62
O‘zbekiston bularning barchasiga erishayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik.


Ushbu vazifalarni amalga oshirishda NNTlar ham faol ishtirok etib, aholining turli
toifalari uchun kurslar, trening va seminarlar tashkil etmoqda. Bu esa mazkur
sohadagi davlat siyosatini hayotga samarali tatbiq etishga xizmat qilmoqda”.
Sog‘liqni saqlash sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bepul
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi, ko‘p tarmoqli qishloq vrachlik
punktlari, perinatal va skrining markazlari tashkil etildi.
3.2-rasm. Hayot faoliyati xavfsizligi tadbiri
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
milliy model jahon hamjamiyati tomonidan boshqa mamlakatlar uchun namuna
sifatida e’tirof etildi. Bularning natijasida istiqlol yillarida onalar o‘limi 3,2, bolalar
o‘limi esa 3,4 baravar qisqardi. MRMning muhim ko‘rsatkichlaridan biri – o‘rtacha
umr ko‘rish davomiyligi mamlakatimizda 66 yoshdan 73,5 yoshga yetdi. Ushbu
ko‘rsatkichlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi yutuqlarining
yorqin ifodalaridandir.
“O‘zbekiston davlat organlari va jamoat tashkilotlarining, xususan, joylarda
MRMga erishish borasidagi yaqin va samarali hamkorligi yuksak natijalar
bermoqda, – dedi “Save the children” xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi filiali



63
direktori Son Jeong Baye (Janubiy Koreya). – Mamlakatingiz NNTlari bilan


birgalikda mazkur vazifalarga to‘liq mos “Obod turmush yili” Davlat dasturini tatbiq
etishda ishtirok etish imkoniyatiga ega hayotga bo‘lganimizdan mamnunmiz.
Tabiiy ofatlar, vafqulodda vaziyatlar ko’pchilikni shoshirib qo’yadi. Bunday
vaziyalarda to’g`ri harakatlanish, o’zini tutish qoidalarini yaxshilab o’rganib olish
darkor. To’satdan yuz bergan vaziyalarning salbiy oqibatini oldindan bilib
bo’lmasligi xatto ular borasida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan mamlakatlarni ham
shoshirib qo’yadi. Buni Yaponiya misolida ham ko’rish mumkin.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishining qonuniy
asosalrini O’z. Res. Prezidentining farmonlari. O’z.Res qonunlari, vazifalari
mahkamasining qarorlari va favqulotda vaziyatlar vazirligining ko’rsatma va
buyruqlari tashkil etadi.
3.3 – rasm. Aholi uylariga talofat yetgan joylar
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati
va asosi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60 yillaridan fuqaro muhofazasi tizimi
faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush davrida,



64
urush sharoitida mamalkat aholisini yalpi qig’rin qurollari va boshqa hujum


vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida mamalakat aholisini xalq xo’jaligi
obyektlarining barqaroro ishlashini ta’minlash hamda falokat o’choqlarida qutqarish
va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishiga mumkin bo’lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatalardan muhofaza qilish favqulotda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari,
tizimi, say-harakatlari majmui.
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oldinda o’tkazilib, favqulotda
vaziyatlar ro’y berishi, xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y
bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitiga yetkaziladigan
zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish-favqulotda vaziyatlar ro’y berganda
o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan
zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulotda
vaziyatlar ro’y bergan zonalarni olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan
avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi
va favqulotda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa, shu boshqarma negizida
O’z.R Prezidentining 1996 - yil 4 - martdagi PF -1378 farmoni bilan favqulotda
vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.
Farmon bilan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va
salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish shuningdek
tinchlik va xarbiy davrda favqulotda vaziyatlar vujudga kelganda ularning



65
oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab


chiqish va amalga oshirish vazirlikni asosiy vazifalaridan biri deb belgilanadi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi
favqulotda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat
tizimi egalashi, bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulotda
bu tizim aholini favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini
o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni xavfli huduhlarni xaritalashtirish,
seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli
bashoratlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorgarligini amalgam oshirishi lozim
edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulotda
vaziyatning o’zi nimaq Undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani
ko’zda tutishimiz lozim
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishiga mumkin bo’lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. Aholini va hududlarni favqulotda
vaziyatalardan muhofaza qilish favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish choralari, usullari, vositalari, tizimi, say-harakatlari majmui.

Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin