O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Rahbarlik uslubiga yondoshuvlar



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə9/9
tarix18.02.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.Rahbarlik uslubiga yondoshuvlar. 
Zamonaviy boshqaruvga oid fanlarda boshqaruv uslubini turli nuqtai 
nazarlarda turib yoritiladi. Quyida ularning qisqacha izohini berib o‘tamiz. 


An‟anaviy yondoshuv. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an‘anaviy 
yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, 

bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi. Avtoritar 



uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o‘z qo‘liga oladi, qaror ijrosini qattiq 
nazorat ostiga oladi va yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash 
shahdini namoyish etadi va xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi. 
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori 
ko‘rsatkichni ta‘minlaydi. Lekin, psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator 
kamchiliklar kuzatiladi: 1) xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli oshadi; 2) tashabbusni, 
xodimlarning ijodiy faoliyatini so‘ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi
xodimlarning sustligi; 
3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqyeidan 
qoniqmasliklari; 4) nosog‘lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy 
zo‘riqishlar oshishi va sog‘liqka salbiy ta‘siri. Bunday uslub rahbar va xodim 
orasidagi kasbiy malakalar farqi kattaligida, qattiq intizom va itoatgo‘ylik zarur 
bo‘lgan sharoitda maqsadga muvofiq va o‘zini oqlashi mumkin (avariya holatlari
inqirozli, urush sharoitlari va h.k.). Yangi xodimlar ishlaydigan jamoada bunday 
boshqaruv uslubi moslashuv jarayoniga salbiy ta‘sir etadi, yosh xodimda kasbiy 
malakalar sekin shakllanadi.
Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin