KIRISH Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yil 28 yanvardagi
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”,
PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta'lim
to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli, 2019 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat
to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmonining
asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Magistraturaning “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishiga kiruvchilar uchun
mo‘ljallangan mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi “2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da keltirilgan soliq
siyosatini liberallashtirish, shuningdek oliy ta'limning bakalavriat bosqichida
o‘qitiladigan “Soliq nazariyasi”, “Soliq va soliqqa tortish” “Yuridik shaxslarni
soliqqa tortish”, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, “Soliq ma'murchiligi va
nazorati”, “Soliq statistikasi va prognozi” kabi mutaxassislik fanlarining o‘quv
dasturlari asosida ishlab chiqilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib 70410201 – “Soliqlar va soliqqa tortish”
magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilinayotgan tinglovichlar quyidagi
bazaviy mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.